Ötgan hafta ham bozorlar uçun muhim voqealarga boy böldi. 2024 yilning I çorak korporativ ma’lumotlari birin-ketin e’lon qilinib kelinayotgan bir paytda, eng muhim makroiqtisodiy körsatkiçning pozitiv bölişi AQŞ fond bozorining qulagan pozitsiyalarini butunlay tiklaşiga yordam berdi. Bunga köra, inflatsiya aprel oyida pasaygan va 3,4 foizni taşkil etgan. Bozor iştirokçilari quvonçli xabarni mamnuniyat bilan qabul qilgan holda monetar siyosatning yumşatilişi böyiça umidlari biroz kuçaydi.
Jahon Insighs kanali ekspertlari 13 maydan 17 maygaça bölgan davrda Xalqaro moliya bozorida sodir bölgan eng muhim voqealarni tahlil qilib çiqdi.
AQŞ top fond bozorlari indeksi:
- S&P500 – 5303 (hafta boşidan +1,54 foiz, yil boşidan +11, 18 foiz);
- NASDAQ – 18546 (hafta boşidan +2,12 foiz, yil boşidan +10,22 foiz);
- DJI – 40003 (hafta boşidan +1,24 foiz, yil boşidan +6,14 foiz).
AQŞ fond indekslari may oyining navbatdagi haftasida ösiş sur’atini taqdim qilişda davom etdi. Xususan, hisobot haftasida Dow Jones indeksi 491 punkt, NASDAQ 385 punkt va C&P500 81 punkt ösişga muvaffaq böldi.
Asosiy qimmatbaho metallar:
- Oltin – 2414 dollar (1 unsiyasi) hafta boşidan +2,30 foiz, yil boşidan +17,06 foiz;
- Kumuş – 31,4 dollar (1 unsiyasi) hafta boşidan +11,8 foiz, yil boşidan +32,4 foiz;
- Alyuminiy – 2612 dollar (1 tonnasi) hafta boşidan +4,03 foiz, yil boşidan +9,69 foiz:
- Mis – 5,04 dollar (1 funti) hafta boşidan +8,58 foiz, yil boşidan +29,52 foiz.
Qimmatbaho metallar ham makroiqtisodiy körsatkiçlar ta’sirida ösiş sur’atiga erişdi. Xususan, kumuş 2013 yilgi maksimumigaça kötarildi. Hafta davomida oltin 54 dollarga, alyuminiy 101 dollarga, kumuş 3,32 dollarga va mis 40 sentga qimmatlaşdi.
Neft
- WTI – 79,46 dollar (hafta boşidan +1,7 foiz, yil boşidan +11,45 foiz);
- BRENT – 83,9 dollar (hafta boşidan +1,49 foiz, yil boşidan +8,9 foiz).
Hafta davomida neftning WTI markasi 1,23 dollarga, BRENT esa 1,33 dollarga oşdi.








