2024 yilning yanvar-mart oylarida Özbekiston tovar-xomaşyo birjasida avtomobillarning davlat raqamlarini sotiş hajmi 3 barobardan köproqqa oşib, 212,2 milliard sömni taşkil etdi. 

Bu davrda 52,6 ming dona avtoraqam sotilgan bölib, u ötgan yilning birinçi çoragiga nisbatan 3,2 barobarga ösgan.

Eng qimmat «çiroyli» avtoraqam toşkentlik yuridik şaxsga 517,14 mln sömga sotilgan. Boşlanğiç bahoga nisbatan uning narxi 66,6 foizga oşgan.

Ikkinçi örinni esa yuridik şaxs tomonidan 337 mln 620 ming sömga sotib olingan davlat raqami egallagan. Eng qimmat beştalikka jismoniy şaxslar tomonidan sotib olingan 334,9 va 315,8 mln sömlik avtoraqamlar ham kirgan.