Oxirgi kunlardagi birjada dizel narxi keskin qimmatlaşdi. Xususan, 3 aprel kuni ötgan savdo sessiyasida yonilğining tonnasi birdaniga 2 mln 89,1 ming sömga yoki 15,2 foizga qimmatlab, 15 mln 857,1 ming sömga yetdi. 6 aprel kungi savdolarda ham dizel narxi yana 2 foizga oşib, 16 mln 179,4 mln sömgaça kötarildi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 24 foizga yuqori narx.
Işlab çiqariş va import
Energetika vazirligi ma’lumotlariga köra, 2026 yilning yanvar–mart oylarida Özbekistondagi neftni qayta işlaş zavodlari va Uzbekistan GTL’da jami 249 ming tonna dizel yonilğisi işlab çiqarilgan. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 87,8 ming tonnaga yoki 54,5 foizga köp.
Oylar kesimida işlab çiqariş hajmi quyidagiça:
- yanvar — 78,3 ming tonna;
- fevral — 57,4 ming tonna;
- mart — 113,3 ming tonna.
Öz navbatida, Statistika qömitasi va Energetika vazirligi taqdim qilgan ma’lumotlar örtasida yana farqli körsatkiçlar paydo böldi. Xususan, Statqöm yanvar oyida dizel işlab çiqariş 81 ming tonnani taşkil etganini qayd etgan holda, fevral oyi uçun e’lon qilgan hisobotida bu boradagi raqamlarni tuşirib qoldirdi. Qömita matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, bu boradi töliq miqdor I çorak yanunlari böyiça taqdim qilinadigan hisobotda aks etadi.
Bojxona qömitasi ma’lumotlariga köra, mart oyida 35,8 ming tonna, ötgan yilnin mos davriga nisbatan 1,5 karra köp dizel import qilingan.
Dizel yoqilğisi Özbekiston singari qişloq xöjaligi va işlab çiqarişga tayanadigan iqtisodiyotlar uçun öziga xos «qon tomir» hisoblanadi. Şu sababli, uning qimmatlaşi iqtisodiyotda zanjir reaksiyasini keltirib çiqaradi va boşqa sohalarga öz ta’sirini ötkazadi.









