Germaniyalik 34 yoşli futbolçi Çempionlar ligasi finalidan keyin «Real» bilan xayrlaşadi. Öz mamlakatida ötadigan Yevropa çempionatidan söng esa futbolçilik faoliyatini yakunlaşga qaror qilgan.

«Men har doim aytganman – «Real Madrid» faoliyatimdagi sönggi klub böladi. 2014 yilning 17 iyul – «Real»dagi faoliyatim boşlangan kun, hayotimni özgartirgan kun. 

Oradan 10 yil ötib, mavsum yakunida Madriddagi ajoyib sarguzaştim yakuniga yetmoqda. Bu yerda ötgan hayotimning uşbu ajoyib onlarini heç qaçon unutmayman. Meni quçoq oçib kutib olgan va işonç bildirgan barçaga minnatdorçiligimni yetkazmoqçiman. Meni qöllab-quvvatlagan, birinçi kundan hozirgaça mehr-muhabbatini namoyon etib kelayotgan barça madridistalarga rahmat!

Futbolçilik faoliyatimni Yevropa çempionatidan keyin yakunlayman. «Real» sönggi klubim bölib qoladi. Bunday qarorni öz vaqtida qabul qilayotganimdan xursandman va bundan faxrlanaman. Faoliyatimni eng yuqori çöqqida yakunlaş har doim mening maqsadim bölgan. 

Endi bor e’tiborim faqat bitta narsaga qaratiladi: Çempionlar ligasidagi 15-sovrin uçun olğa, Madrid», - deya yozadi Kross muxlislarga qilgan murojaatida.

Ma’lumot uçun, YeÇL finali 1 iyun kuni «Real» va «Borussiya» örtasida bölib ötadi. Yevro-2024 turniri esa 14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniya maydonlarida bölib ötadi.