Asialuxe Travel turoperatori Turkiyaning turistik yuragi – Antaliyada dam oliş uçun ideal vaqt bölgan may oyining oxiriga kompleks turistik töplamlar tayyorladi.
Antaliya bu – har yili butun dunyodan minglab sayyohlarni jalb qiladigan Örtayer dengizining marvaridi. Asialuxe Travel turoperatori nega erta yoz Antaliya qirğoqlariga taşrif buyuriş uçun ideal vaqt ekanini aytib beradi.

Yoz boşida Antaliyada sayyohlarni mayin va yoqimli ob-havo kutib oladi. Havo harorati +25…+30 daraja atrofida böladi, yomğir kamdan kam holatda yoğadi. Keçalari esa jaziramasiz qulay sayr qiliş uçun yengil şabada esib turadi.
Erta yoz çömiliş mavsumini boşlaş uçun ham qulay vaqt: Örtayer dengizining suvi qulay haroratgaça isiydi. Köplab plyajlar «Moviy bayroq» bilan taqdirlangan va suvga ravon tuşiş yöliga ega, bu esa bolalar bilan dam oliş uçun ajoyib qulaylik. Katta afzallik şundaki, bu vaqtda mavsum avjiga çiqadigan vaqtdan köra sayyohlar kamroq böladi.

Antaliya mehmonxonalarning katta tanlovini taklif qiladi: butik-mehmonxonalardan boşlab köpçiligi «barçasi kiritilgan» tizimda işlaydigan va qirğoqda joylaşgan haşamatli rezortlargaça. Bu istak va moliyaviy imkoniyatlaringizga töğri keladigan ideal joyni tanlaşga imkon beradi.
Mintaqa har bir qadamda uçratiş mumkin bölgan qadimiy diqqatga sazovor joylar va arxitektura yodgorliklariga ham boy. Adrian darvozasi, Perge vayronasi, Alaniya qal’asi va Eski şaharga albatta taşrif buyuriş kerak.

Kamdan kam odamning xayoliga keladi, lekin Antaliya – bu nafaqat plyajlar va dengiz, balki çiroyli şarşaralar, toğlar va örmonlardir ham. Bu yerda Kurşunlu, Dyuden va Pastki Dyuden şarşaralari manzaralaridan zavqlaniş mumkin.
Faol dam olişni yaxşi köruvçilar vindsyorfing bilan şuğullanişlari, paraplanda uçişlari, gidrosikl va kvadrosiklda harakatlanişlari, toqqa çiqişlari, akvapark va attraksionlar boğlariga taşrif buyurişlari mumkin.

Yilning bu vaqtida sayohatga borişning yana bir muhim afzalligi – bu hamyonbop narxlardir. Mehmonxonada yaşaş, ekskursiyalar va köngiloçar maşğulotlar uçun mavsumiy çegirmalar va maxsus takliflar köplab sayyohlar uçun sayohatni hamyonbop qiladi.








