AQŞ yetakçisi Jo Bayden özidan oldingi prezident va davlat rahbari lavozimiga qayta saylaniş uçun nomzod Donald Trampni ijtimoiy tarmoğida e’lon qilingan bahsli videoklip bilan tufayli «natsistlar ritorikasidan» foydalanganlikda yana aybladi. Oq uy rahbari 21 may, seşanba kuni e’lon qilingan saylovoldi taşviqoti videosida Tramp Amerika emas, «Hitler tilidan» foydalanmoqda, dedi.

Videoda Bayden qölidagi telefonga qarab, videoklip haqida gapiradi: «Bu uning rasmiy akkauntidami? Voy». Trampni qöllab-quvvatlovçi videoda u ğalaba qozongan taqdirda e’lon qilinadigan gazeta sarlavhalari körsatilgan. Ularda, jumladan, iqtisodiyotning gullab-yaşnaşi, yopiq çegaralar va mamlakatning «birlaşgan Reyx»ga aylanişi haqida söz yuritilgan. Video 21 may kuni tuşdan keyin Tramp tomonidan yaratilgan Truth Social ijtimoiy platformasida joylaştirilgan va taxminan 19 soatdan keyin öçirib taşlangan.

Jo Bayden, şuningdek, Bostondagi saylovoldi taşviqoti çoğida Trampni tanqid qilib, uning ikkinçi prezidentlik muddatidan kelib çiqadigan tahdid birinçisidan köra jiddiyroq ekanini aytdi, çunki u, Oq uy rahbarining sözlariga köra, «aqldan ozgan» va yöqotilgan 2020 prezidentlik saylovlari uçun qasosga berilib ketgan.

Tramp atrofidagilarning munosabati 

Sobiq prezidentning yaqinlari bahsli videoklip öçirilganini tasdiqlaşdi. Tramp ştabi vakilining ta’kidlaşiça, bu video kampaniya videosi emas, balki «aftidan, bu sözni payqamagan» xodim tomonidan Truth Social platformasida tarqatilgan. 

«Reyx» sözi odatda Adolf Hitlerning natsistlar «uçinçi Reyx»i bilan boğlanadi, biroq bu holatda u 1871 yilda Germaniya imperiyasining taşkil topişiga işora qiladi, deb yozadi AQŞ OAV. Matn birinçi jahon uruşi haqidagi Vikipediya maqolasidan köçirilgan körinadi.

Videoklip avvaldan tayyorlangan gazeta niqobi yordamida yaratilgan bölib, undan internetdagi boşqa kliplarni ham yozib olişda foydalanilgan. Uşbu videodagi boşqa gazeta sarlavhalari ham Birinçi jahon uruşiga işora qiladi.