Qirğiziston-Özbekiston avtomobil yiğiş zavodi 2024 yil 28 maydan sinov rejimida işlaşga tayyor böladi. Bu haqda Qirğiziston Iqtisodiyot va savdo vaziri Doniyor Amangeldiyev ma’lum qildi.
Korxona Çuy viloyatining Söquluq tumanida joylaşgan. Zavodda Chevrolet, Daewoo va Isuzu avtomobillarini yiğiş rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, 2023 yil mart oyida «Özavtosanoat», Qirğizistonning «DT texnika» va «NUR» kompaniyalari örtasida Qirğizistonda yengil va tijorat avtomobillari yiğişni taşkil etiş böyiça hamkorlik töğrisida bitim imzolangan edi.
Şu bilan birga, Qirğizistonda avgust oyi oxirida Xitoy bilan hamkorlikda elektromobillarni yiğiş zavodini işga tuşiriş ham rejalaştirilgan.












