Maydoni 8 kvadrat metr bölgan joy E-auksion.uz elektron platformasida savdoga qöyilgan edi. Xizmat Toşkent xalqaro aeroportining uçib keliş zalidan çiqişda joylaşgan.
Avtomobilni ijaraga oliş uçun poytaxt aeroportiga kelgan yölovçi peştaxtaga borib, şaxsini tasdiqlovçi hujjat va haydovçilik guvohnomasini taqdim etişi kerak. Şundan söng, onlayn platformalaridan biri orqali avtomobilni tanlaşi, şartnoma tuzişi va depozit yoki ijara haqini töliq tölaşi lozim. Röyxatdan ötiş tugallangandan söng, yölovçiga avtomobil kaliti beriladi va maşina oldiga kuzatib qöyiladi.
Kompaniya parkida yölovçi mahalliy yoki xorijiy işlab çiqaruvçi avtomobilini, şuningdek, elektromobil yoki benzinda işlaydigan avtomobilni tanlaşi mumkin. Işlab çiqarilgan yili tört yildan, yurgan masofasi 80 ming kmdan oşmaydigan avtomobillar ijaraga beriladi. Avtomobil uşbu körsatkiçlardan biriga yetgandan söng, maşina tizimdan çiqariladi.












