Iqlimşunos Erkin Abdulahadovga köra, Amudaryoning asosiy kuzatuv punkti "Kerki" gidropostida 21-23 may kunlari suv sathi noldan 290-310 santimetrgaça, "Turkmanobod"da 22-25 may kunlari 270-300 santimetrgaça, "Darğon-Ota"da 480-500 santimetrgaça kötarilişi kutilmoqda.

Meteojurnal 18 va 23 mayda olingan sun’iy yöldoş tasvirlarini soliştirgan. Bunda ham Amudaryoda suv sathining kötarilişi 18 may kuniga nisbatan 23 mayda sezilarli köpayib ketganini köriş mumkin.

Ehtimol, Amudaryoda suv toşqinlariga Tojikiston va Afğonistonda kuçli yomğir sabab bölmoqda. 16-18 may kunlari Tojikistonning bir neça mintaqalarida juda kuçli yomğir yoğdi, ob-havo stansiyalaridan olingan ma’lumotlarga köra, joylarda kuniga 50 mm va undan ortiq yoğingarçilik kuzatilgan.

Sönggi 15 kunlikda Amudaryoning asosiy irmoqlari Panj, Vaxş, Kofirnihon va Quddusda suv pişqirib oqib, suv toşqinlarini keltirib çiqargan. Asosiy irmoq Vaxşdagi suv toşqinlari yuqori ehtimol, Nurek suv omboriga töldirilmoqda. Va bu Amudaryoda talafotli suv toşqini hodisalari bölişi oldini olmoqda.