2024 yilning 29 may kunidan boşlab Kia'ning Özbekistondagi barça rasmiy dilerlik markazlarida uzoq kutilgan Kia Sonet krossoverining birinçi ommaviy topşirilişlari, belgilangan muddatdan ham ertaroq boşlandi!
Avvalroq xabar qilinganidek, 2024 yilning 27 mart kuni Kia avtomobil brendining Özbekistondagi rasmiy distribyutori bölgan ADM Global kompaniyalar guruhi ADM Jizzakh zavodida töliq texnologik sikl (CKD) böyiça Kia Sonet'ning pilot işlab çiqarilişining muvaffaqiyatli yakunlagani va avtomobillarning birinçi partiyasi işlab çiqarilişi boşlaganini e’lon qildi. 13 apreldan boşlab esa avtomobil ixlosmandlari tomonidan ajoyib iştiyoq bilan kutib olingan va eng köp sotilayotgan ixçam krossoverlardan biriga aylangan Sonet'ning uç xildagi komplektatsiyasi uçun şartnomalarning berilişi boşlandi.

Ta’kidlaş joizki, 29 may kuni Kia'ning barça rasmiy dilerlik markazlarida Sonet'ning xaridorlarga birinçi ommaviy topşirilişlari taşkil etildi va bu hodisa dastlab rejalaştirilganidan oldinroq röy berdi. Krossoverning ilk 100 sohibiga esdalik sovğalari va rasmiy Kia xizmat körsatiş markazlaridan birida 2 ta bepul texnik xizmat körsatiliş uçun sertifikatlar topşirildi.

Kia Sonet'ni tanlaşda xaridorlar tomonidan krossoverning quyidagi asosiy xususiyatlariga urğu qaratildi:
● Yangi Sonet 115 ot kuçiga va 143,8 N·m aylantiruvçi momentga ega bölgan Smarstream G1.5 benzinli dvigatel bilan jihozlangan. Bu işonçli tezlaşuv va dinamik haydaş uçun yetarlidir.
● Taşqi körinişidan, Sonet zamonaviy va sportça qiyofaga ega. Radiatorning qora rangli panjarasi, old bamperning xromlangan bezaklari, yoruğlikdiodli faralar va yuriş çiroqlari, şuningdek, 16 dyuymli yengil qotişmadan işlangan disklar yorqin va yodda qolarli qiyofani şakllantiradilar. Orqa qismidaga benuqson yoruğlikdiodli yoritkiçlar va tomning orqa ustunlari maşinaning özgaça ajralib turişini ta’minlaydi.









