Özbekistonda kompakt şahar krossoverlari oilasiga mansub yangi model - Kia Sonet Prime savdosi boşlanmoqda. Avtomobil öziga xos dizayn, kengaytirilgan jihozlaniş va zamonaviy elektron tizimlarga ega bölib, amaliy format va sinalgan kuç qurilmasini saqlab qolgan. Şu bilan birga, bozorga taniş Kia Sonet ham model qatorida qoladi: ikki krossover Özbekistonda bir vaqtning özida taklif etiladi.
Har ikki versiya ham ADM Jizzakh zavodida töliq siklli CKD texnologiyasi asosida işlab çiqariladi. Bu Kia kompaniyasining işlab çiqarişni yuqori darajada mahalliylaştirişga eʼtibori va Özbekiston bozoridagi uzoq muddatli rejalarini namoyon etadi.

Kia’ning zamonaviy uslubidagi yangi qiyofa
Sonet Prime kuzovning old va orqa qismlari töliq qayta işlangan. Model taşqi körinişida Kia’ning zamonaviy uslubi qöllangan: murakkab geometriyali radiator panjarasi Star Map LED optikasi va Ice Cube tumanga qarşi çiroqlar bilan uyğunlaşgan.
Orqa tomonda vertikal fonarlar bagajxona eşigining butun kengligi böylab joylaşgan LED tasma bilan birlaştirilgan. Kompozitsiyani yangi bamper va integratsiyalaşgan spoyler töldiradi.
Avtomobil 16 dyuymli yengil qotişmali disklar bilan jihozlanadi. Sonet Prime uçun kuzovning yetti xil rangi, şuningdek, qizil yoki oq kuzov va kontrast qora tomga ega ikki rangli variantlar taklif etiladi.

Ikkita katta ekran va interfeysning uçta tili
Salondagi asosiy özgarişlardan biri raqamli haydovçi zonasi böldi. Asboblar paneli va multimedia tizimi diagonali 10,25 dyuym bölgan displeylar bilan jihozlangan. Asboblar panelida avtomobil va haydovçiga yordam beruvçi tizimlarning işlaşi haqidagi asosiy maʼlumotlar aks ettiriladi, uning dizayni esa tanlangan harakatlaniş rejimiga qarab özgaradi.
Multimedia tizimi Apple CarPlay va Android Autöni qöllab-quvvatlaydi. Interfeys özbek, rus va ingliz tillarida mavjud.
Jihozlaniş tarkibiga, şuningdek, yettita dinamik va sabvuferga ega Bose audiotizimi, simsiz quvvatlaş tizimi, USB-C va USB-A ulagiçlari, iqlim nazorati, Smart Key kalitsiz kiriş tizimi, elektr yuritmali lyuk hamda rang va işlaş rejimini tanlaş imkoniyatiga ega salonning atmosfera yoritgiçlari kiradi.










