Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Şveytsariyada bölib ötadigan sammitda bor-yöği uçta masala körib çiqilişini aytdi. Ular orasida Rossiya qöşinlarini olib çiqiş talabi yöq.
Zelenskiyning ta’kidlaşiça, tinçlik rejasining 10 ta bandidan 3 tasi sammitga taqdim etiladi.
«Biz uçta yönalişni oldik. Ular orasida yadroviy xavfsizlik, oziq-ovqat xavfsizligi va gumanitar yönaliş mavjud. Şuningdek, Rossiya tomonidan öğirlangan va Rossiyaga majburan olib ketilgan bolalarni qaytariş masalasi ham bor. Ya’ni, bu uçta punkt juda muhim. Balki biz yadroviy xavfsizlik va Ukrainaning energetika sektoriga qilingan hujumlar haqida ham gaplaşarmiz», dedi u.
Zelenskiy uşbu punktlarga batafsil töxtalmadi. Biroq, manbaning qayd qilişiça, yadroviy energetika xavfsizligi rus qöşinlarini Zaporijjya AES hududidan olib çiqilişini, oziq-ovqat xavfsizligi Ukraina portlariga kemalarning xavfsiz kirib-çiqişini ta’minlaşni, gumanitar yönaliş esa bolalarni qaytarişdan taşqari, mahbuslarni almaşişni ham nazarda tutişi mumkin.
«Biz uşbu uç bandni batafsil işlab çiqişimiz, keyin ularni Rossiya vakillariga topşirişimiz va ular bu bandlarni amalga oşirişga qay darajada tayyor ekanligini körişimiz kerak», dedi Zelenskiy.
Zelenskiy sözlariga köra, Rossiya uşbu bandlarni bajariş majburiyatini olsa, tinçlik rejasining qolgan bandlarini ham qabul qilişi mumkin.
15-16 iyun kunlari Şveytsariyada Ukrainadagi mojaroni hal qiliş böyiça konferensiya bölib ötadi, unga 160 davlatdan delegatsiyalar taklif etilgan. Rossiya sammitga taklif etilmagan. Rossiya tomoni taklifnoma olgan taqdirda ham tadbirda qatnaşmasligini oldindan ma’lum qilgan.
Taxminlarga köra, «global janub»ning ba’zi davlatlari sammitga öz delegatsiyalarini jönatişini ma’lum qilgan. Masalan, Hindiston. Lekin şu bilan birga, Zelenskiy taklif qilgan tinçlik formulasining ayrim punktlarini ular qabul qilmasligi mumkin. Masalan, Rossiya qöşinlarining 1991 yildagi çegaralarga olib çiqiş va tovon puli tölaş kabi.
Ta’kidlanişiça, sammit töliq muvaffaqiyatsiz tugamasligi uçun Zelenskiy yuqoridagi «kiçik paket»ni taklif qilgan. Bu nazariy jihatdan Ğarb va boşqa davlatlar tomonidan qöllab-quvvatlanişi mumkin bölgan şartlarni öz içiga oladi. Keyin esa ularni xalqaro jamoatçilik talabi sifatida Rossiyaga jönatilişi mumkin.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya va Ukraina örtasidagi muzokaralar uçun 2022 yil martida kelişilgan şartnoma loyihasi asos bölişi mumkinligini aytmoqda. Şu bilan birga, Rossiya rasmiylari Zelenskiy taklif qilgan, jumladan, Rossiya qöşinlarini olib çiqiş, Ukrainaning 1991 yilgi çegaralarini tiklaş va tovon pulini tölaşni öz içiga olgan tinçlik rejasini qabul qilmayapti.












