Özbekistonga 2023 yil yanvar-dekabr oylarida 30 ta davlatdan umumiy qiymati 197 mln 842 ming dollar miqdoridagi gumanitar yordam yuklari kirib keldi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobotiga köra, gumanitar yordamning asosiy uluşi quyidagi davlatlar hissasiga töğri keladi:

  • Germaniya (71 mln 379,4 ming dollar yoki yordamning 36 foizi);
  • Xitoy (27 mln 467,6 ming dollar, 13,9 foiz);
  • AQŞ (23 mln 234,2 ming dollar, 11,8 foiz);
  • Belgiya (22 mln 620,2 ming dollar, 11,4 foiz);
  • Şveytsariya (20 mln 757,8 ming dollar, 10,5 foiz).

Kirib kelgan gumanitar yordam sohalar kesimida:

  • soğliqni saqlaşga (169 mln 233,5 ming dollar);
  • ijtimoiy sohaga (1 mln 244,4 ming dollar);
  • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilişga (943,2 ming dollar);
  • ta’limga (247,2 ming dollar) yönaltirilgan.

Yordamlar gumanitar yordam oluvçi taşkilotlar böyiça:

  • SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmatiga 58,2 foiz;
  • «Ta’minot va logistika xizmati» unitar korxonasiga 17,2 foiz;
  • Gematologiya ilmiy tadqiqot institutiga 10,5 foiz;
  • «Soğlom avlod uçun» xalqaro xayriya fondiga 11,2 foiz uluş töğri keladi.