20-oktabr kuni ötkazilgan tajriba AQŞ Harbiy-havo kuçlari tadqiqot laboratoriyasi - AFRL’ning Rocket Cargo dasturi doirasida amalga oşirildi. Dastur yirik tijoriy raketalar yordamida önlab tonna yukni dunyoning turli hududlariga, jumladan, oddiy samolyotlar bilan yetib boriş qiyin bölgan joylarga tezkor yetkaziş imkoniyatini baholaşga qaratilgan.

Bu safargi sinov tayyor yetkazib beriş tizimini namoyiş qilişni közlamagan. Asosiy eʼtibor yuklarni uçiriş va atmosferaga qaytariş paytida qanday himoya qiliş mumkinligi haqida maʼlumot töplaşga qaratilgan.

Kapsulaga AFRL işlab çiqqan bir neçta tajriba yuk moduli joylaştirilgan. Ularning har birida muayyan vazifalarga möljallangan uskunalar hamda parvoz davomida harorat, zarba yuklamalari va tebranişni ölçaydigan datçiklar bölgan.

Tadqiqotçilar elektronika va favqulodda vaziyatlarda hayotni saqlab qoliş uçun zarur jihozlarga alohida eʼtibor qaratgan. Sinovga akkumulyatorlar, sunʼiy yöldoş aloqali treker, teskari osmos usulida suvni çuçuklaştiruvçi tizim, şoşilinç tibbiy yordam vositalari va omon qoliş anjomlari kiritilgan.

Muhandislar UNI-PAC III qutqaruv soli kapsulaga siğişini ham tekşirgan. Bu uni keyingi sinovlarga kiritiş imkoniyatini baholaş uçun qilingan.

Raketa orqali yetkaziladigan yuklar uçirişdagi katta yuklamalarga, kosmik parvoz şaroitiga, atmosferaga qaytişdagi yuqori harorat va mexanik taʼsirlarga bardoş berişi kerak. Şu bilan birga, yerga tuşganidan keyin uskunalarni darhol işlatiş imkoniyati saqlanişi zarur.

AFRL maʼlumotiga köra, tajriba sezgir jihozlarni parvozning barça bosqiçlarida himoya qiliş usullarini aniqlaşga yordam beradi. Laboratoriya texnologiyani amaliyotga joriy etiş muddatini yoki kelgusida yukni manzilga yetkaziş uçun qança vaqt talab qilinişini hozirça eʼlon qilmagan.

Rocket Cargo mavjud harbiy taşiş tizimini töldirişi közda tutilgan. Raketalar bir marta uçirilganda önlab tonna taʼminotni, hatto qulay uçiş-qöniş yölaklari yoki rivojlangan yöl tarmoği bölmagan hududlarga yetkazişi mumkinligi örganilmoqda.

Bunday imkoniyat harbiy operatsiyalardan taşqari, qutqaruv işlari, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etiş va olis hududlardagi missiyalarda ham qöl kelişi mumkin.

Biroq konsepsiya hozirça tajriba bosqiçida. Amalda işlaydigan tizim yaratiş uçun uçiriş xarajatlarini kamaytiriş, yuklaş va tuşirişni taşkil etiş, xavfsiz qöniş hududlarini belgilaş hamda katta hajmdagi yuklarni işonçli yetkaziş imkoniyatini isbotlaş talab etiladi.