Keça Milliy kino saroyida Prezidentimiz taşabbusi bilan suratga olingan “Bahodir Yalangtöş” tarixiy badiiy filmining premerasi bölib ötdi.
Film Aştarxoniylar davrida (XVII asr) yaşab ötgan buyuk sarkarda, ilm-fan homiysi, dunyoga maşhur Registon maydonining asosçisi Amir Bahodir Yalangtöşga bağişlangan. Unda fidoyi ajdodimizning hayoti, siyosiy faoliyati, qahramonliklari haqida hikoya qilinadi.

Filmni tomoşa qilar ekanman, uluğ Amir Yalangtöşning hayot yöli barçaga, xususan yoşlarimizga haqiqiy ibratdir, degan öy xayolimdan ötdi.
Jahongir Ahmedov boşçiligidagi ijodiy guruhning oldiga kino orqali tariximizni dunyoga yanada tanitiş, xalqimizning milliy ğururini kötariş kabi ezgu vazifalar qöyilgan edi. Nazarimda, “Bahodir Yalangtöş” filmi bu mas’uliyatli missiyani bajara oladi.

Film ijodkorlarini samimiy tabriklayman, degan Mirziyoyeva.
Eslatib ötamiz, mazkur film rejissyor Jahongir Ahmedov bölib, 3 yil davomida suratga olingan va bu jarayonlarda katta jamoa işlagan.












