DXX Samarqand viloyati boşqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida noqonuniy migratsiyaning oldini oliş, firibgarlarning qonunga xilof harakatlariga çek qöyiş yuzasidan tezkor tadbir ötkazildi.
Aniqlanişiça, fuqaro I.S. mahalliy fuqaro Ş.M.ga özining tanişlari orqali AQŞga kiriş vizasi tayyorlab berişi va u yerda yaxşi iş örinlari bilan ta’minlaşni va’da qilib, bu xizmati evaziga 50 ming dollar söragan.
Samarqand şahrida ötkazilgan tezkor tadbir çoğida fuqaro I.S. 45 ming 600 dollar miqdoridagi pulni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.
Mazkur holat yuzasidan I.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.







