Taşqi kuçlar va «separatçilar» Tayvanning Xitoy bilan tinç yöl bilan «qayta birlaşişi» istiqboliga tobora «zarar yetkazmoqda» va Pekin ularning harakatlariga barham beriş uçun «qat’iy çoralar» körişga tayyor. Bu haqda Xitoy Mudofaa vazirligi rahbari Dun Tszyun 2 iyun, yakşanba kuni Singapurda bölib ötgan yillik xavfsizlik böyiça «Şangri-La muloqoti» forumida sözlagan nutqida aytib ötdi, deya xabar beradi Reuters agentligi.

Xitoy vaziri sözlariga köra, Tayvanning hukmron Demokratik progressiv partiyasi «asta-sekinlik bilan separatizmga intilmoqda va Xitoy özligini yöq qilişga intilmoqda». «Bu ayirmaçilar yaqinda Xitoy xalqi va ajdodlariga xiyonat qilişlarini körsatuvçi fanatik bayonotlar bilan çiqişdi. Ular tarixda qoralanadi», - dedi Dun. 

XXR Mudofaa vazirligi rahbarining qöşimça qilişiça, Xitoy Tayvan bilan tinç yöl orqali «qayta birlaşişga» sodiq bölsa-da, XXR armiyasi bu masalani yakuniy hal etişda «kuçli kuç bölib qoladi». Bundan taşqari, Dun xorijiy kuçlarni mamlakatning «içki işlariga» aralaşişda va «bölginçilarni rağbatlantirişda» aybladi. «Biz Tayvan mustaqilligini çeklaş uçun qat’iy çoralar köramiz va u heç qaçon muvaffaqiyatli bölmasligini ta’minlaymiz», dedi u. «Biz Tayvan mustaqilligini çeklaş qobiliyatimizga işonamiz». 

Xitoy rasmiylari Pekin Tayvanni isyonkor provinsiya deb bilişini, agar kerak bölsa, harbiy kuç yordamida Xitoyga qaytarilişi kerakligini bir neça bor ta’kidlagan. Orol hukumati 1949 yilda fuqarolik uruşi tugaganidan keyin materik Xitoydan mustaqilligini e’lon qildi, ammo Tayvanni faqat Palau, Tuvalu va Beliz kabi önga yaqin davlat suveren mamlakat sifatida tan oldi. 

Xitoy prezident inauguratsiyasiga javoban Tayvan yaqinida harbiy maşğulotlar ötkazdi

20 may kuni bölib ötgan inauguratsiya marosimida yil boşida saylangan Tayvan prezidenti Lay Tsinde özining mustaqillik yölini tasdiqladi. «Men Xitoyni Tayvanni siyosiy harbiy vositalar bilan qörqitişni bas qilişga va Tayvan böğozining har ikki tomonida hamda butun mintaqada tinçlik va barqarorlikni saqlaş uçun Tayvan bilan global mas’uliyatni öz zimmasiga olişga çaqirmoqçiman», - dedi Lay Tsinde inauguratsiya paytida. 

«Separatçilarning sözlariga» javoban Xitoy Tayvan yaqinida harbiy maşğulotlar ötkazdi, unda 111 samolyot va önlab kemalar qatnaşdi. Taybey bu manyovrlarni mavjud dunyo tartibiga qarşi «oşkora provokatsiya» deb atadi. 

Tayvan prezidenti ma’muriyati Xitoy vazirining forumdagi sözlariga javob berib, Dun Tayvan hukumati pozitsiyasini buzib körsatganini aytdi. «Xitoy Tayvan hukumati bilan muloqot qiliş uçun işonçga ega emas va uning mantiqsiz bayonotlari xalqaro miqyosda tan olinmaydi», deyiladi idora bayonotida. 

Tayvan rasmiylariga konferensiyaga öz vakillarini yuborişga ruxsat berilmadi - Pekin jahon hamjamiyatidan «yagona Xitoy siyosati» tamoyillariga rioya qilişni talab etmoqda, bu Pekinning roziligisiz Taybey bilan xalqaro rasmiy aloqalarni nazarda tutmaydi.