Fransiya boş vaziri Gabriel Attal Rossiyani boşqa davlatlarning içki işlariga aralaşmaslik haqida qattiq ogohlantirdi. «Uşbu aralaşuv bizning yangi jahon uruşimizga aylanişi mumkin», dedi Attal 6 iyun, payşanba kuni France 2 radiosiga bergan intervyusida. Fransiya boş vaziri Rossiya Federatsiyasining harakatlarini «bizni bölmoqçi bölgan taşqaridan manipulyatsiya» deb atadi.
Rossiya aralaşuvi «jamoatçilik fikrini manipulyatsiya qilişga uriniş bölgan zahardir», dedi Attal. Uning sözlariga köra, Rossiya Federatsiyasi Fransiya xavfsizligiga «yangi, gibrid şaklda» tahdid solmoqda.
Rossiya aralaşuviga misollar
Rossiya aralaşuviga misol sifatida, Attal yaqinda Eyfel minorasi ostida fransuz bayroği va «Ukrainaning fransuz askarlari» yozuvi tuşirilgan tobutlar paydo bölgan holatga işora qildi.
Fransiya boş vaziri keltirgan Rossiya provokatsiyasining yana bir misoli, oktyabr oyi oxirida, Isroilning HAMAS harakatiga qarşi uruşi boşlanganidan köp ötmay, Parijdagi uylarda Dovud yulduzlari tasvirlangan graffitilar paydo bölganiga taalluqli.
Fransiya çet el aralaşuviga qarşi kuraşmoqçi
Fransiya parlamentining quyi palatasi - Milliy assambleya mart oyi oxirida çet el aralaşuviga qarşi kuraş töğrisidagi qonun loyihasini qabul qildi. Hujjatda xorijiy manfaatlarni ilgari suriş bilan şuğullanuvçi xorijliklarning maxsus reyestrda röyxatdan ötiş majburiyati, şuningdek, bunda gumon qilinayotgan şaxslarning aktivlarini muzlatiş imkoniyati közda tutilgan.
Bundan taşqari, qonun loyihasi potensial xorijiy agentlarni algoritmik tarzda internet-kuzatuvidan foydalanişga imkon beradi, deb ta’kidladi Le Monde gazetasi.












