Ukraina tört şartni, Moldova esa Yevropa Ittifoqiga qöşiliş böyiça muzokaralarni boşlaş uçun zarur bölgan uçta şartni bajardi. Bu haqda 7 iyun, juma kuni Yevrokomissiya rasmiy vakili ma’lum qildi. Yevrokomissiya Bryusseldagi brifingda erişilgan yutuqlar töğrisidagi yangilangan ma’lumotlarni va YeI mamlakatlari rasmiy vakillarining Coreper yiğilişida batafsil axborotni taqdim etdi.
Bu uçraşuvda heç qanday qaror kutilmayapti, deya tuşuntirdi muzokaralarga yaqin DW diplomatik manbasi. Uning sözlariga köra, Yevrokomissiyaning oğzaki ma’ruzasi inobatga olindi, söngra iştirokçilar fikr almaşişdi va kelgusi hafta muhokamani davom ettiriş uçun uşbu mavzuni ekspertlar işçi guruhiga ötkazişdi. Aynan öşa paytda muzokaralar asosini muhokama qiliş boşlanadi. Yevropa Ittifoqi kengaşi uşbu asosni bir ovozdan kelişib olişi va har ikki davlat bilan birinçi hukumatlararo konferensiyalarni boşlaşi kerak.
Belgiyaning YeI kengaşidagi raisligi har ikkala hukumatlararo konferensiyani ham 25 iyun kuni Lyuksemburgda Yevropa Ittifoqi Umumiy işlar kengaşi doirasida bölib ötişini ta’minlaş uçun barça sa’y-harakatlarni amalga oşirmoqda, dedi manba.
Komissiyaning oğzaki hisobotidan söng bölib ötgan muhokamada Yevropa Ittifoqiga a’zo deyarli barça davlatlar uning pozitsiyasiga rozi böldi va Belgiyadan iyun oyi oxirigaça hukumatlararo konferensiyalarni ötkazişni söradi, dedi yevropalik diplomat. Faqat Vengriya Yevropa komissiyasining pozitsiyasiga şubha bilan qarayapti. Uning vakili muzokaralar asosi böyiça bir qator istaklarini bildirdi.
Hukumatlararo konferensiya mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qöşilişi böyiça muzokaralarning rasmiy boşlanişi hisoblanadi. Mart oyida Yevropa komissiyasi sönggi oğzaki hisobotida Ukraina islohotning qolgan tört bosqiçidan ikkitasini, Moldova esa uçtadan ikkitasini yakunlaganini ma’lum qildi.












