NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Ukraina uçun 5 yilga möljallangan harbiy yordam körsatiş jamğarmasini yaratiş rejasidan voz keçadi. Bu haqda Bloomberg vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar berdi. Jamğarma hajmi 100 milliard dollar bölişi taxmin qilingan edi.
Stoltenberg endi ittifoqçilarga Ukrainaga yordam beriş uçun yiliga kamida 40 milliard yevro (43 milliard dollar) sarflaşni taklif qilmoqçi. Bloomberg manbalarining ta’kidlaşiça, bu Rossiyaning keng miqyosli bosqinidan keyingi örtaça yillik badallarga mos keladi.
Taxminlarga köra, bu mablağning yarmi AQŞ tomonidan ajratiladi. Bloomberg suhbatdoşlarining ta’kidlaşiça, NATO har bir mamlakat uçun miqdorni YaIM hajmiga qarab belgilaydi.
«Men ittifoqçilardan kelgusi yillar uçun majburiyatlarni zimmaga olişni sörayman. Biz har yili va zarur bölgan vaqt davomida heç bölmaganda şu darajada qöllab-quvvatlaşimiz kerak», degan edi Stoltenberg may oyi oxirida Pragadagi NATO taşqi işlar vazirlarining yiğilişidan söng.
Stoltenbergning yangi rejasi yangi mablağ ajratişni nazarda tutmaydi, biroq NATO Kiyevga kelgusi yillarda qöllab-quvvatlaş darajasi böyiça köproq işonç bağişlaşni kutmoqda, deb ta’kidladi naşr.
Avvalroq Bloomberg Stoltenberg iyul oyidagi NATO sammitida 100 milliard dollarlik yordam jamğarmasini yaratişni taklif qilişini yozgan edi. Bu taşabbus Donald Tramp AQŞ prezidentligiga qaytgan taqdirda, Ukrainaga uzluksiz yordam körsatişning işonçli mexanizmini yaratiş rejasining bir qismiga aylanişi taxmin qilingan edi.












