Markaziy bank may oyi uçun aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari böyiça ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga köra, aholining inflatsiya böyiça yillik kutilmalari 14 foizni taşkil qilib, aprel oyiga nisbatan özgarmagan.
Aholi kelgusida narxlar oşişiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:
- kommunal xizmatlarning qimmatlaşişi (57 foiz);
- valuta kursi özgarişi (49 foiz);
- yoqilği va energiya narxlarining qimmatlaşişi (49 foiz);
- monopoliya va narxlarning sun’iy oşirilişi (30 foiz);
- transport xarajatlarining oşişi (28 foiz).

May oyida kelgusida narxlarga bosim ötkazişi mumkin bölgan asosiy omil sifatida kommunal xizmatlar narxining oşişini qayd etgan respondentlar uluşi köpaygan bölsa, valuta kursining özgarişini omil sifatida belgilagan respondentlar uluşi kamaygan.
Tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari
May oyi yakunlari böyiça kelgusi 12 oy uçun narxlar ösişiga oid respondent tadbirkorlik sub’yektlarining kutilmalari 12,7 foizni taşkil qilib, ötgan oyga nisbatan 0,6 foiz bandga pasaygan.
Biznes vakillari narxlar oşişiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:
- kommunal xizmatlarning qimmatlaşişi (55 foiz);
- valuta kursining özgarişi (52 foiz);
- yoqilği va energiya narxlarining qimmatlaşişi (43 foiz);
- soliq yukining yuqoriligi (35 foiz);
- transport xarajatlarining qimmatlaşişi (33 foiz).

Kommunal xizmatlarning qimmatlaşişi va soliq yukining yuqoriligini narxlarga oşiruvçi bosim körsatişi mumkin bölgan asosiy omil sifatida qayd etgan tadbirkorlar uluşi oşgan bölsa, valuta kursining özgarişini inflatsiyaga asosiy sabab böladi deb belgilaganlar salmoği kamaygan.
Sörovnomada qatnaşganlar orasida eng yuqori inflyatsion kutilma tibbiyot (16,8 foiz) sohasida işlovçilarda kuzatilgan. Eng past kutilmani savdo sohasi vakillari (10,5 foiz) belgilagan. Tadbirkorlik sub’yektlari orasida eng pessimistik kutilma ta’lim (14,5 foiz) sohasiga, eng optimistik kutilma esa qişloq xöjaligi (11 foiz) sohasiga töğri kelgan.

Hududlar kesimida aholi inflyatsion kutilmalarining eng yuqori körsatkiçi Toşkent şahri (18,6 foiz) va Qaşqadaryo viloyatida (16,5 foiz) kuzatilgan bölsa, eng past körsatkiç Qoraqalpoğiston (11,9 foiz) va Jizzax viloyatida (12,1 foiz) qayd etilgan. Öz navbatida tadbirkorlarning kutilmalari Toşkent şahri (16 foiz) va Navoiy viloyatida (14,5 foiz) baland, Qoraqalpoğistonda (9,7 foiz) esa eng past bölgan.

Daromadlari 5 mln söm va undan yuqori bölgan aholining inflyatsion kutilmalari respublika böyiça örtaça darajadan yuqori şakllangan. Eng yuqori daromad egalarining inflyatsion kutilmalari 19,9 foizga yetgan. Bu oxirgi 1,5 yillikdagi eng baland körsatkiçdir.













