Kun.uz suhbatida bölgan Toşkent hamda Farğona viloyatlarida yaşovçilarga köra, vaqtida körsatilmagan xizmat sabab odamlarning hovlilarida 10-15 qoplab ham çiqindilar yiğilib ketadi. Yurtdoşlarimiz şunday bölsa-da, tölovlarni vaqtida undirib olişlarini, aks holda qarzdorlik yozilişini aytişyapti. Odamlar çiqindi xizmatida sifat yaxşilanmay, elektr energiyasi bilan boğliq yangi tartib işga tuşişiga ijobiy fikrda emas.

1 avgustdan boşlab çiqindidan qarzi borlar elektr toki uçun tölov qilolmaydigan amaliyot işlay boşlaydi. Yangi tartibga köra, çiqindini olib çiqib ketiş xizmatidan qarzi bor iste’molçilarga har oyning 5-sanasigaça SMS yuboriladi. Şundan keyin 5 kun içida qarzdorlik bartaraf etilmasa, iste’molçi elektr energiyasi uçun tölov qilolmay qoladi.

Ayni tartibdan odamlar qançalik xabardor va umuman, hozirgi kunda çiqindi xizmat körsatiş sifatini aholi qanday baholaydi? Kun.uz şu savollar bilan Toşkent viloyatining Toşkent va Zangiota hamda Farğona viloyatining Quva tumanlarida yaşovçi fuqarolarga mikrofon tutdi. Quyida intervyulardan ayrim qiziq parçalar keltiriladi.

Tahririyat muxbiri suhbatlaşgan aksariyat respondentlarga köra, maxsustrans xizmati 2 hafta, 1 oyda bir marta kelgani sabab hovlilarda qoplab çiqindilar yiğilib ketadi. Odamlar xizmat maşinalari kelganini transport vositasining signali yoki qöşnilar orqali bilib olişadi.

“Xullas, musorimiz bir oyda ikki marta kelişi kerak edi, ikki oyda bir marta kelyapti. Şu muammomiz.

[Çiqindi] Bir yiğilsa, bir xil payt kamroq, bir xil payt 7-8 qop böladi. Hovli bölganidan keyin supuriladi, boşqa qilinadi, çiqib keladi. [Çiqindi qoplarini] Eşikning tagiga olib çiqib qöyamiz. Kuçuklar talab yotadi bekorga”, – deydi erkak suhbatdoşlardan biri.

“Töğrisini aytsam, qaçon kelişini ham bilmaymiz. Unutib ham qöyamiz. Endi heç bölmasa bir haftada bir marta kelişsa ham yaxşi bölardi. 15 kun, 20 kun bölib ketadi.

Hali ham maşinamiz bor, goh paytlar maşinamizda çiqaramiz. Özimizning yengil maşinada. Şaharga olib ketamiz, nima qilaylik? Boşqa iloj yöq”