Qoraqalpoğiston, Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlarida çigirtkalar tödasiga qarşi kimyoviy kuraş olib borilyapti. Bu haqda Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi xabar berdi.

Ta’kidlanişiça, saksovul bukur çigirtkasi saksovul bilan oziqlanadi, ekinlar va yaylovlarga xavf tuğdirmaydi. Şu jihatdan kimyoviy kuraş tadbirlari saksovul plantatsiyalarini himoya qilişga qaratilgan.

Alohida e’tibor transçegaraviy hududlarga qaratilib, qöşni davlatlardan zararli haşarot kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş maqsadida ma’lumotlar almaşinuvi yölga qöyilgan.

«Çigirtkaga qarşi kuraş tadbirlarini zararli çigirtka 3−4 yoşida bölganida ötkaziş maqsadga muvofiq. Bu zararkunanda qanot çiqargunigaça bölgan faza hisoblanadi. Sababi çigirtka qanot çiqarganidan söng bir kunda kamida 50−60 kilometr masofani bosib ötişi va yölida uçragan barça yaşillikni yeb bitirişi mumkin», deyiladi xabarda.

Avvalroq, Buxoro viloyatida çigirtkalar hujumi yuz bergani xabar qilingandi. Xususan, tarmoqlarda Romitan tumanidan ötuvçi A-380 Buxoro—Xorazm avtomobil yölining Gazli şaharçasiga yaqin qismida çigirtkalar hujum qilgani aks etgan videolar tarqalgandi.

Şuningdek, Qozoğistonning qator hududlarida ham çigirtkalar hujumi kuzatilgan. Mamlakat boş vaziri örinbosari Serik Jumangarin bu hujumni «misli körilmagan holat» deya baholadi.

Qozoğiston hukumatining ma’lum qilişiça, Turkiston viloyatida jami 310 ming gektar maydonda çigirtkalar tarqalganligi aniqlangan. Aqtöbe viloyatning 12 tumanida 281 ming gektar yerga işlov berilgan. Qöstanay viloyatining 5 tumanida 29,4 ming gektar maydonda kimyoviy tozalaş işlari olib borilgan.