Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chigirtkalarga qarshi kurashda birlashadi
Bu boradagi muzokaralar yakuni bo‘yicha tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash, xalqaro fitosanitariya standartlarini joriy etish va axborot almashinuvini rivojlantirishga kelishib oldi.

Foto: gov.kz
Yevropa va O‘rtayer dengizi o‘simliklarni himoya qilish tashkiloti (EPPO) ishchi guruhining 55-yig‘ilishi doirasida Qozog‘iston Davlat nazorat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Saken Qanibekov O‘zbekiston va Qirg‘iziston fitosanitariya xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar berdi Kazinform.
Muloqotning asosiy mavzusi chigirtkalarga qarshi himoya choralari bo‘ldi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar mamlakatlarda mavsumiy hasharotlarga qarshi kurashish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha mavjud amaliyot bilan tanishtirildi.
Jumladan, Locust.uz tizimi namoyish etildi. Bu chigirtka tuxum qo‘ygan hududlar, kimyoviy tozalash ishlari olib borilgan hududlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd etuvchi elektron platforma bo‘lib, vaziyatni to‘g‘ri baholash imkonini beradi. Tizim, shuningdek, transport vositalariga o‘rnatilgan GPS qurilmalari yordamida maxsus jihozlar harakatini kuzatib boradi. Ta’kidlanishicha, bu vaziyatni o‘z vaqtida baholash va katta maydonlarda chigirtka tarqalishining oldini olish imkonini beradi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash, xalqaro fitosanitariya standartlarini joriy etish va axborot almashinuvini rivojlantirishga kelishib oldi.
Tomonlar chegara hududlarida chigirtkalarga qarshi kurashish, fitosanitariya holati, o‘rganish natijalari, zararli organizmlarning tarqalishi va ko‘rilgan choralar to‘g‘risida tezkor ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikka alohida e’tibor qaratadi. Shuningdek, fitosanitariya sertifikatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni samarali va muntazam almashish uchun axborot tizimlarini birlashtirish ko‘zda tutilgan.
Avvalroq, O‘zbekistonning bir necha hududlarida chigirtka bosqini kuzatilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Malayziya O‘zbekiston OTM uchun ingliz tilidagi ilmiy adabiyotlarni taqdim etdi
O‘zbekiston | 07:51
-
Arab davlatlari isroillik vazirning G‘arbiy sohil anneksiyasi haqidagi chaqirig‘ini qoraladi
Jahon | 07:48
-
Rossiyada vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga olib kelindi
O‘zbekiston | 07:45
-
Oqova suv tizimini boshqarish sohasida innovatsion yechimlar joriy etiladi
O‘zbekiston | 07:44
Mavzuga oid

20:14 / 03.07.2025
Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?

20:13 / 01.07.2025
Qozog‘istonning Rossiya bilan chegarasida yuk mashinalari to‘planib qoldi

15:47 / 01.07.2025
Qirg‘iziston oliygohida mamlakatga umuman kelmagan o‘zbekistonlik talabalar aniqlandi

15:31 / 01.07.2025