Qora çigirtkalar kabi «noan’anaviy oqsilli materiallar» qöşilgan non Rossiya aholisi ratsioniga kirib borişi mumkin. Bu aholining oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining tez sur’atlar bilan ösişidan aziyat çekayotgan bir paytda yuz bermoqda. Bunday un mahsulotining foydasi haqida Janubiy Ural davlat universiteti olimlari ma’lumot berdi.

Oliygoh xodimlari oddiy buğdoy uniga uvalangan çigirtka xomaşyosini qöşiş orqali yangi non yopiş usulini işlab çiqdi. Universitetning Sport, turizm va servis instituti professori, texnika fanlari doktori Abduvali Toşevning sözlariga köra, çigirtka unining taxminan 60 foizi oqsillardan iborat bölib, oddiy buğdoy unida bu körsatkiç 10 foizdan oşmaydi. Bundan taşqari, bu kabi unning eruvçanlik indeksi uç baravar yuqori, emulsiya hosil qiliş faolligi 55,2 foizga yetadi (oddiy unda bu körsatkiç — 12,3 foiz), köpik hosil qiliş xususiyati esa 67,4 foiz — bu buğdoy unidan tört baravar yuqori.

Toşevning ta’kidlaşiça, hatto çigirtka xomaşyosining oz miqdordagi aralaşmasi ham non mahsulotlarini mikroelementlar bilan boyitadi, ta’mi va boşqa xususiyatlarini yaxşilaydi. Uning sözlariga köra, yangi turdagi nonlar tarkibidan suv ötlari va qöziqorinlar aralaşmasidan tayyorlangan un ham örin olişi mumkin.

Toşevning aytişiça, 5–15 foiz çigirtka uni, 2–6 foiz spirulina (suv ötlari) aralaşmasi hamda 10–20 foiz qöziqorin kukuni qöşilgan mahsulotlar «optimal» ta’m va hidga ega bölgan.

Non — 2024 yil yakunlariga köra Rossiya dökonlarida narxi sezilarli darajada oşgan va 2025 yilda ham oşişni davom etayotgan mahsulotlardan biridir. Rosstat ma’lumotlariga köra, may oyi oxiriga kelib, nonning çakana narxi yillik hisobda 15 foizga qimmatlaşgan. Umuman olganda, 2024 yildagi oziq-ovqat inflatsiyasi sönggi töqqiz yildagi eng yuqori darajaga — 11,05 foizga yetgan.

«Romir» holdingi hisob-kitoblariga köra, 2025 yil aprelida rossiyaliklar oziq-ovqatga sarflaydigan xarajatlari Ukraina uruşi boşlanganidan buyon eng yuqori darajaga çiqqan. Örtaça oziq-ovqat xarajatlari iste’molçilar budjetining 34,6 foizini taşkil etmoqda (yil boşida 33 foiz, 2024 yil aprelida esa 28,6 foiz edi). Bu raqamlar «Romir» tomonidan sönggi 5 yil içida qayd etilgan eng yuqori körsatkiç böldi.

2025 yil boşlarida qator non işlab çiqaruvçilar ulgurji narxlarni 10–12 foizga oşirişlarini e’lon qilgandi. Ta’kidlanişiça, non mahsulotlari narxining oşişiga ombor va transport logistikasi xarajatlari, soliq yuki ortişi, xomaşyo narxining oşişi va boşqa omillar sabab bölmoqda.