Vazirlar Mahkamasida 13 iyun kuni prezident Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga asosan, boş vazir Abdulla Aripov Koreya Respublikasining Lotte Group kompaniyasi rahbari Şin Dong Bin boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Boş vazir matbuot xizmati xabariga köra, uçraşuvda oliy darajadagi yaqin va işonçli muloqot mamlakatlar örtasidagi munosabatlarni izçil rivojlantiriş uçun mustahkam poydevor bölib xizmat qilayotgani, Janubiy Koreya prezidentining taşrifi ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqiçga olib çiqişga yana bir muhim qadam bölişi alohida ta’kidlandi.
Lotte Group nafaqat Koreyada, balki Osiyoda eng yirik konglomeratlardan biri hisoblanadi. Mazkur kompaniya Özbekistondagi töğridan töğri xorijiy investitsiya iştirokidagi ilk yirik Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilişida iştirok etgan.
Uçraşuvda hamkorlikdagi loyihalarni “yaşil” energetika, gaz-kimyo, turizm, oziq-ovqat va boşqa sohalarni qamrab olgan holda yanada boyitiş masalalari muhokama qilindi.












