«Katta yettilik»ning barça davlatlari garov sifatida Ğarb davlatlarida muzlatib qöyilgan Rossiya aktivlaridan tuşgan daromaddan foydalanib, yil oxirigaça Ukrainaga umumiy qiymati 50 milliard dollar miqdorida kredit berişga tayyorligini tasdiqladi. Bu haqda Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen 13 iyun, payşanba kuni Italiyadagi G7 sammitida ma’lum qildi.
Fon der Lyayyenning sözlariga köra, kelişuvlar tafsilotlari hali ham moliya vazirlari tomonidan işlab çiqilmoqda. 50 milliard dollarning qariyb yarmini Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar, qolgan yarmini G7 boşqa davlatlari taqdim etişi mumkin, deb yozadi Reuters Yevropa Ittifoqining yuqori martabali rasmiysiga tayanib.
Şols: Ukrainaga kredit - Rossiya uçun aniq signal
Germaniya kansleri Olaf Şols Ukrainaga uşbu kredit beriş rejasini tarixiy qadam deb atadi. «Bu Rossiyaga u şunçaki ötirib, bu uruşda bugungi kunda Ukrainani qöllab-quvvatlayotgan dunyoning ayrim davlatlarida moliyaviy muammolar borligi tufayli ğalaba qozonişiga umid qilmasligi kerakligini körsatdi», dedi u jurnalistlarga.
G7 qarori, Şolsga köra, ukrainaliklarga öz mustaqilligi va suverenitetini himoya qilişda davom etiş uçun ham jasorat berişi kerak. Bu mablağlarning ajratilişi Ukraina zarur qurol-yaroğ sotib olişi va tiklaş işlarini moliyalaşi mumkinligini anglatadi, dedi u.












