Boş prokuratura huzuridagi departamentning Mirzo Uluğbek tuman bölimi va DXX xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro  G.S. 1 008 dona “Reduksin layt” hamda 1 020 dona Pro Lipolytic nomli kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasini fuqaro M.X.ga 7,9 mln sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Departamentning Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda S.B. MÇJga qaraşli dorixona sotuvçisi M.U. xaridorga 45 dona kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasini 700 ming sömga sotgan vaqtda uşlanib, dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan.

Şu kabi, departamentning Taxiatoş va Qönğirot tumani bölimlari tomonidan va IIV xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda N-F. hamda “D.” MÇJga qaraşli dorixona sotuvçilari fuqarolar R.J. va D.S.ga tarkibida kuçli ta’sir qiluvçi moddalari bölgan dori vositalarini sotgan vaqtlarida uşlanib, uşbu dorixonalardan jami 48 ta dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.