Şimoliy Atlantika alyansi Rossiya va Xitoy tahdidi kuçayib borayotgan bir şaroitda blokning yadroviy qurollarini jangovar şay holatga keltiriş masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg 16 iyun, yakşanba kuni çop etilgan The Telegraph gazetasiga bergan intervyusida gapirdi. 

«Men qança yadro kallaklari şay turişi va qaysi biri omborda bölişi kerakligi haqida operativ tafsilotga töxtalmayman, ammo bu masalalar böyiça maslahatlaşişimiz kerak. Aynan şunday qilyapmiz», - dedi Stoltenberg. 

Uning sözlariga köra, NATO yadro strategiyasining asosi şaffoflik bölişi kerak, u raqiblarga «töğridan töğri xabar yuborişga yordam beradi». «Maqsadimiz, albatta, yadroviy qurolsiz dunyo, ammo u mavjud ekan, biz yadroviy ittifoq bölib qolamiz, çunki Rossiya, Xitoy va Şimoliy Koreyada yadroviy qurolga böla turib, NATOda bölmasligi yanada xavfliroq vaziyat keltirib çiqaradi», - deya ta’kidladi Stoltenberg. 

Moskva yadroviy doktrinani özgartiriş bilan tahdid qilmoqda 

Rossiya taşqi işlar vaziri örinbosari Sergey Ryabkovning 11 iyun kuni aytganidek, Ğarb davlatlarining harakatlari «yadroviy tiyib turiş böyiça hujjatlarni hozirgi ehtiyojlarga moslaştiriş masalasini kötarmoqda». May oyining örtalarida u Rossiya Federatsiyasi «qizil çiziqlar» masalasini «çekkaga qöyişi» va yadroviy tahdidlar masalasida Ğarbga bir xil javob berişini aytdi. 

7 iyun, juma kuni Vladimir Putin «PMEF» doirasida Rossiyaning yadroviy doktrinasi özgartirilişini istisno etmadi va uni «jonli vosita» deb atadi. Öz nutqining boşida u Rossiya Federatsiyasi «yadroviy qurolni qözğatmoqçi» emasligini aytdi, ammo keyinçalik Yevropa bu masalada «nisbatan himoyasiz» ekanligini ta’kidladi. Şu bilan birga, Putin «yadroviy zarba berişgaça iş yetib bormaydi» degan haqiqatdan kelib çiqişini qöşimça qildi.

Rossiya va Belarus yadroviy maşqlar ötkazmoqda 

21 may kuni Rossiya strategik bölmagan yadroviy kuçlarning maşğulotlarini boşladi va ular ehtiyojini «ğarb rasmiylari Rossiya Federatsiyasiga qarşi provokatsion bayonotlari va tahdidlari» bilan izohladi. Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga köra, maşğulotlarning birinçi bosqiçida «Iskander» komplekslari va «Kinjal» gipertovuşli raketalari qöllangan. 

11 iyun kuni boşlangan ikkinçi bosqiçda Belarus harbiylari «Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasi qurolli kuçlari bölinmalarini strategik bölmagan yadroviy quroldan jangovar foydalaniş böyiça birgalikda tayyorlaş masalalarini işlab çiqiş uçun» maşğulotlarga qöşildi».

May oyi boşida Belarus Respublikasi rahbari Aleksandr Lukaşenko Belarusda taktik yadroviy qurollarni «tösatdan tekşiriş»ni buyurdi. Bundan biroz oldin u Rossiya Ğarbning harakatlariga javoban butun arsenalini işlatsa, «apokalipsis» yuz berişini aytgandi. 

2023 yil iyun oyida Vladimir Putin Aleksandr Lukaşenko bilan uçraşuvda öşa yilning iyul oyida Rossiya öz yadro qurolini Belarus hududida joylaştirişni rejalaştirayotganini aytdi. Keyinroq Belarus rahbari Rossiya yadro qurollari mamlakatga yetib kelganini bildirdi. 2024 yil mart oyida Foreign Policy jurnali manbalarga tayanib, Ğarb razvedkasi buni tasdiqlaganini yozgan edi.