Norvegiya hukumati Ukrainaning energetika infratuzilmasini qöllab-quvvatlaş uçun 1,1 milliard krona (96 million yevrodan ortiqroq) mablağ ajratadi. «Rossiya elektr tarmoqlarini falaj qiliş uçun keng kölamli, tizimli hujumlarni amalga oşirmoqda, biroq ukrainaliklar aholi uçun zarur elektr ta’minotini ta’minlaş maqsadida keça-yu kunduz işlamoqda», — dedi Norvegiya boş vaziri Yonas Gar Styore 16 iyun, yakşanba kuni.
Norvegiya hukumati bayonotida ta’kidlanişiça, Rossiya Federatsiyasi Ukrainaning elektr stansiyalari va boşqa muhim infratuzilmalarini bombardimon qiliş orqali uning çidamliligini susaytirmoqçi bölib, qöşni davlat energiya salohiyati 50 foizdan ortiğini yöq qilgan.
Mablağlarni sarflaş masalasida Ukraina bilan muloqot
Styore sözlariga köra, uning hukumati taqdim etilgan mablağlardan eng samarali foydalaniş masalasida Kiyev bilan yaqindan muloqot qilmoqda. «Ukrainaliklarning özi nima kerakligini yaxşi tuşunadi, ammo qişdan oldin infratuzilmani tiklaş böyiça işlarni boşlaş juda muhim, Norvegiya yangi moliyaviy yordami Ukrainadagi zararni qisman yumşatadi va elektr ta’minotini kafolatlaydi», deb ta’kidladi u.
Mablağlar bir qismi BMT Taraqqiyot dasturi orqali Xarkiv viloyatidagi energetika infratuzilmasini ta’mirlaşga, tuğuruqxonalar va yettita şifoxonaning operatsiya xonalarida barqaror elektr ta’minotiga yönaltirilişi kutilmoqda.
Ukrainani tiklaş böyiça uçinçi konferensiya
11-12 iyun kunlari Berlinda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, Germaniya kansleri Olaf Şols, şuningdek, 60 ta davlatdan yana ikki mingga yaqin iştirokçi – siyosatçilar, xalqaro taşkilotlar vakillari, biznes vakillari iştirokida Ukrainani tiklaş böyiça konferensiya bölib ötdi.
Konferensiya davomida Ukrainani tiklaş böyiça loyihalarni moliyalaştirişga oid 100 dan ortiq şartnomalar tuzildi. Jahon banki ma’lumotlariga köra, Rossiya Federatsiyasining harbiy tajovuzidan Ukrainaga yetkazilgan zarar kamida 486 milliard dollarni taşkil etadi. Şunga öxşaş konferensiyalar 2022 yilda Şveytsariyaning Lugano şahrida va 2023 yilda Londonda bölib ötdi.












