Kelgusi haftalarda Ukraina energetika tizimidagi vaziyat yanada qiyinlaşadi, deya ogohlantirdi «Ukrenergo» milliy energetika kompaniyasi boşqaruvi rahbari Vladimir Kudritskiy 16 iyun, yakşanba kuni «Suspіlne» telekanali efirida. Unga köra, soat 11:00 dan 23:00 gaça uzilişlar kunning qolgan qismiga qaraganda uzoqroq böladi va bu taxminan iyul oyining oxirigaça davom etadi.
«Bu atom elektr stansiyalarining energetika bloklarini ta’mirlaş öziga xos xususiyatlari bilan boğliq, şuning uçun bunday grafik taxminan bir yoki bir yarim oy davomida bölişiga tayyor turiş kerak. Va ular, ayniqsa keçki vaqtda, iste’molning eng yuqori soatlarida kuzatilişi mumkin», dedi Kudritskiy.
«Ukrenergo» rahbari ta’kidlaganidek, uzilişlar davomiyligiga atom elektr stansiyalarini yozgi an’anaviy ta’mirlaş işlaridan taşqari, boşqa omillar ham ta’sir qiladi, xususan, çet eldan elektr energiyasi importi hajmi va aholining elektr energiyasini iste’mol qilişiga ta’sir etuvçi ob-havo.
Rossiya zarbalari tufayli elektrni tejaş rejimi joriy etildi
Ukrainaning barça hududlarida sanoat va uy xöjaliklari uçun rejali elektr ta’minotidagi uzilişlar Rossiya Federatsiyasining sönggi oylarda energetika infratuzilmasiga qilgan ommaviy hujumlari fonida joriy etildi. Iyun oyi boşida boş vazir Denis Şmixal Rossiya Ukraina elektr stansiyalarining 9 GVtdan ortiq quvvatini yöq qilganini aytdi. Dpa agentligi ma’lumotlariga köra, bu Ukraina energetika tizimining 2014 yilgaça bölgan quvvati taxminan 1/6 qismini taşkil qiladi.
Şu munosabat bilan Kiyev nafaqat şikastlangan uskunalarni ta’mirlaşni, balki Ukraina havo mudofaasi va dronlardan himoya qilişni kuçaytiriş, energiya tizimini markazsizlaştiriş va elektr energiyasini tejaşni öz içiga olgan energetika strategiyasini işlab çiqdi, Şmixalning sözlariga köra, tejaş «keyingi yillarda ukrainaliklar kundalik hayotining bir qismiga aylanadi». Bundan taşqari, Ukraina hukumati Yevropadan elektr energiyasi importini hozirgi 1,7 gVtdan 2,2 gVtgaça kengaytiriş ustida işlamoqda.
Ukrainaning hamkor davlatlari unga energiya ta’minotidagi inqirozdan çiqişda yordam berişga harakat qilmoqda. Xususan, AQŞning 1,5 milliard dollarlik yangi yordam paketining muhim qismi, xususan, Ukraina energetika tizimini tiklaşga yönaltiriladi.











