Dunyo böylab tobora köproq odamlar yangiliklar bilan tanişişdan voz keçib, zerikiş va tuşkunlikdan şikoyat qilmoqda. Bu haqda duşanba, 17 iyun kuni e’lon qilingan Oksford universiteti Jurnalistikani örganiş Reyter instituti (Reuters Institute for the Study of Journalism)ning Digital News Report 2024 hisobotida aytilgan.
Yanvar-fevral oylarida 47 ta davlatda ötkazilgan sörov natijalariga köra, respondentlarning ön nafardan tört nafari (39 foiz) yangiliklarni tomoşa qilişdan tiyilişini bildirgan. Bu 2017 yilga nisbatan 10 foizga köpdir. Tadqiqot mualliflariga köra, odamlarning yangiliklar kun tartibidan uzoqlaşiş istagi Ukraina va Yaqin Şarqdagi uruşlar bilan boğliq bölişi mumkin.
Hisobotda aytilişiça, odamlarning yangiliklardan qoçiş istagi eng yuqori darajaga yetgan. Bir qator mamlakatlarda, jumladan, AQŞda saylov jarayonlari yangiliklarga qiziqişni oşirdi, biroq umumiy pasayiş tendensiyasi barqarorligiça qolmoqda. 2017 yildan buyon dunyo miqyosida yangiliklarni juda yaqindan kuzatib boruvçi odamlar uluşi 63 foizdan 47 foizga kamaydi. Britaniyada 2015 yildan beri yangiliklarga qiziqiş deyarli ikki barobar kamaydi.
Yoşlar ijtimoiy tarmoqlarni afzal köryapti
«Şubhasiz, sönggi yillarda yangiliklar kun tartibi ayniqsa murakkablaşdi. Pandemiya böldi, uruşlar, şuning uçun odamlar ruhiy soğliğini himoya qiliş uçunmi yoki şunçaki öz hayotini davom ettiriş uçunmi, yangilikdan boş tortişi juda tabiiy reaksiya», dedi VVS media-kompaniyasiga bergan intervyusida hisobot mualliflaridan biri Nik Nyuman.
Sönggi ön yil içida televideniye va bosma naşrlar kabi an’anaviy axborot manbalarining auditoriyasi keskin kamaydi. Yoşlar yangiliklarni internet yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali bilişni afzal köradi. Britaniyada söralganlarning deyarli törtdan uç qismi (73 foiz) yangiliklarni onlayn, 50 foizi televideniye va atigi 14 foizi bosma ommaviy axborot vositalaridan olişini aytdi.
TikTok maşhurligi
Sönggi paytlarda maşhurligi pasayib borayotgan bölsa-da, yangiliklar uçun eng muhim ijtimoiy platforma Facebook bölib qolmoqda. YouTube va WhatsApp ham muhim yangiliklar manbalari bölib turibdi. TikTok maşhurligi esa ösib bormoqda va ommaboplik böyiça birinçi marta X (sobiq Twitter)ni ortda qoldirdi. Dunyo böylab 18-24 yoşlilar orasida TikTok körsatkiçi bundan ham yuqori - 23 foiz.
Hisobot mualliflari qayd etişiça, video-format internetda, ayniqsa, yoşlar orasida tobora muhim yangiliklar manbasiga aylanib bormoqda. Şu bilan birga, yangiliklar qisqa videolari tobora jozibali körinyapti - TikTok ham şunday yönalişni afzal köradi.
«Foydalanuvçilar videoni tanlaydi, çunki undan foydalaniş oson hamda tegişli va qiziqarli kontentning keng doirasini taqdim etadi», deb tuşuntirdi Nik Nyuman.












