Diplomatic Watch jurnali boş muharriri Viktor Gotevbe Özbekiston haqida önlab maqolalar yozgan. Ularda respublika siyosati, dunyodagi ovozi va taşabbuslari haqida ham söz boradi. Jurnalist iyun oyida “Oltin qalam” milliy mukofoti 2-örin ğolibi deb topilgan edi. Mukofot 10-noyabr kuni elçixonada topşirildi.

“Oçiğini aytsam, men juda hayratda qoldim. Bunday bölişini umuman kutmagandim. Mukofot uçun aynan men tanlanişimni oldindan bilmaganman. Özbekiston elçixonasi doim bizni qöllagan va mukofot uçun hujjat topşirişga ham ular taklif qildi”, dedi Gotevbe.

Tahlilçi Jeyms Durso AQŞ siyosati, xususan Markaziy Osiyo bilan aloqalar, Eron uruşi, Afğonistondagi vaziyat haqida maqolalar yozadi. Uning Özbekiston bilan boğliq tahliliy materiallari ham köp. 2024-yilda “Oltin qalam”ni olgan Durso bu yil Özbekiston jurnalistlar uyuşmasiga aʼzo böldi.

Özbekistonning AQŞdagi elçisi Furqat Sidiqov tadbir davomida davlat mukofoti bilan iyun oyida taqdirlangan Kun.uz’ning AQŞdagi maxsus muxbiri Şohrux Majidovga “Kelajak bunyodkori” medalini topşirdi.

Şuningdek, Özbekiston jurnalistlar uyuşmasi raisi Şuhrat Orif Otabek Eşmamatov va Şohrux Majidovga ham uyuşmaga aʼzolik guvohnomalarini taqdim qildi.