Mukofot hakamlar hayʼati qarorini 5-oktabr kuni Yevroparlamentda Anna Politkovskaya xotirasiga bağişlangan tadbirda BMTning Rossiyadagi inson huquqlari böyiça maxsus maʼruzaçisi Mariana Katsarova eʼlon qildi. Bu haqda DW xabar berdi.

Katsarova Rossiya hukumatini qamoqdagi barça ukrainalik va rossiyalik jurnalist ayollarni, şuningdek, tinç aholi vakillarini zudlik bilan va heç qanday şartlarsiz ozod etişga çaqirdi.

RAW in WAR uşbu qaror orqali Rossiya qamoqxonalarida va bosib olingan hududlarda saqlanayotgan jurnalist ayollarning jasoratiga hurmat bajo keltirayotganini bildirdi. Taşkilotga köra, ular uruşni yoritiş, inson huquqlari buzilişi va harbiy jinoyatlar haqida xabar beriş uçun erkinligi, hatto hayotini xavf ostiga qöygan.

Bayonotda Anna Politkovskaya öldirilganiga 20 yil tölayotgani ham eslatilgan. Huquq himoyaçilarining taʼkidlaşiça, jurnalist Rossiyaning Çeçenistondagi «aksilterror operatsiyasi»ni oçiq tanqid qilgani, tinç aholiga nisbatan şafqatsiz munosabat va jinoyatlarni qoralagani uçun öldirilgan. Taşkilot qayd etişiça, oradan yigirma yil ötsa ham, qotillik buyurtmaçilari sud oldida javob bermagan.

Mukofotga nomzodlarni körsatiş qömitasi aʼzosi, Nobel mukofoti sovrindori Svetlana Aleksiyeviç qamoqdagi jurnalistlarning ismlarini unutmaslikka çaqirdi.

«Ular endi qalam bilan yoza olmaganida, öz hayoti bilan reportaj yozmoqda», - dedi u.

Taşkilot bayonotida ukrainalik jurnalist Viktoriya Roşçinaning taqdiriga alohida töxtalib ötilgan. U Mariupol qamali va Ukrainaning bosib olingan hududlarida tinç aholiga qarşi sodir etilgan jinoyatlarni yoritgan. Roşçina 2023-yil avgustda qölga olingan va 2024-yil sentabrda vafot etgan. RAW in WAR uning ölimiga qiynoqlar va şafqatsiz munosabat sabab bölganini bildirgan.

Laureatlar orasida Melitopoldan bölgan ukrainalik jurnalist Irina Levçenko ham bor. Taşkilot maʼlumotiga köra, u 2023-yilda turmuş örtoği bilan birga öğirlab ketilgan va Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qiynoqqa solingan. 2026-yil sentabrda esa Rossiyada «josuslik» ayblovi bilan 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Bayonotda ukrainalik jurnalistlar Anastasiya Gluxovskaya, Irina Daniloviç hamda melitopollik bloger Yana Suvorovaning ismlari ham keltirilgan.