Qozoğistonda mehnat migrantlariga ruxsatnoma beriş mexanizmi soddalaştiriladi. Tegişli hujjat qonunlar muhokamasi uçun möljallangan portalda e’lon qilindi, deb xabar berdi Tengrinews. 

Qozoğiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vazirligi mehnat migrantlari uçun ruxsatnomalarni beriş, uzaytiriş va bekor qiliş qoidalariga özgartirişlar işlab çiqqan. Buyruq loyihasining jamoatçilik muhokamasi 3 iyulga qadar davom etadi. 

«Hujjatda davlat xizmatlarini elektron hukumat portali, şuningdek, migration.enbek.kz platformasi orqali körsatiş közda tutilgan, şuningdek, mehnat migranti iş beruvçi özgarganda xabar beriş mexanizmini joriy etiş taklif qilingan», deyiladi Mehnat vazirligi xabarida. 

Şuningdek, loyihada uy xöjaligida işlaş uçun ruxsatnoma olişi mumkin bölgan fuqarolar, Soliq kodeksiga muvofiq jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini tölaş summalari körsatilgan. 

Qayd qilinişiça, mehnat migrantlariga 12 oygaça bölgan muddatga ruxsatnoma beriş mexanizmi soddalaştiriladi, ruxsatnoma beriş va uzaytirişni rad etiş uçun asoslar belgilanadi.