Taşrif doirasida imzolangan strategik hamkorlik töğrisidagi şartnomaga köra, Rossiya va KXDRdan biriga tajovuz yuz bersa, ikkinçi tomon jim turmasligi lozim. Siyosatşunoslar Farhod Tolipov va Kamoliddin Rabbimov bu boradagi fikrlari bilan örtoqlaşdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24 yillik tanaffusdan keyin yana bir bor Şimoliy Koreyaga taşrif bilan keldi. Ikki kunlik safarning asosiy voqealari 19 iyun kuni poytaxt Pxenyanda bölib ötdi. KXDR rahbari Kim Çen In Rossiyaning Ukrainadagi uruşini töla qöllab-quvvatlaşini, Putinning safari esa aloqalarda yangi sahifa oçganini bildirdi.
Vladimir Putinni Kim Çen Inning şaxsan özi aeroportda kutib olgan. Rossiya prezidenti birinçi marta bu davlatga 2000 yilda, prezidentligining dastlabki yilida kelgandi. Öşanda KXDRni hozirgi rahbarning otasi Kim Çen Ir boşqarayotgandi. Kim Çen Inning özi sönggi yillarda ikki marta Rossiyaga taşrif buyurgan. Oxirgisi 2023 yil kuzida bölgandi va öşanda u Putinni KXDRga taklif qilgandi.
Kollektiv Ğarb Ukrainada uruş davom etib turgan bir vaziyatda Rossiya va KXDR örtasidagi hamkorlik, xususan, harbiy hamkorlik kuçayişidan xavotirda. Ikki davlat buni rad etsa-da, Moskvaga uruş uçun qurol va öq-dori yetkazib berilayotgani aniq. Putinning Pxenyanga taşrifi bilan Rossiyaga öq-dorilar yetkaziş hajmi karrasiga oşişi ham kutilmoqda.
Siyosatşunos Farhod Tolipov Şimoliy Koreya dunyoning rivojlanmagan va bu böyiça röyxatda eng oxirgi örinlarda turuvçi davlati ekanini ta’kidladi.
«Ötgan asrning 50-yillarida sobiq sovet ittifoqi şimol davlatçiligi uçun qalqon bölgandi. Zamon ötib şunday vaziyat böldiki, endi Rossiya Şimoliy Koreya yordamiga muhtoj. Uruş davom etar ekan, Moskva şu qadar yolğizlangani ortidan Pxenyan qöllab-quvvatlovidan ham umidvor», deydi siyosatşunos.
Kim Çen In Putinni qarşi olarkan, özaro munosabatlarda yangi davr boşlanganini olqişladi. Şuningdek, u Rossiyaning Ukrainadagi uruşini töla darajada qöllab-quvvatlaşini ham ma’lum qilgan. Bu borada Pxenyan Moskva bilan birdam. Putin esa Kim Çen Inga bu qadar aniq qöllab-quvvatlov uçun minnatdorlik izhor etgan.
Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov fikriça, Putinning Pxenyan safari boş maqsadi – AQŞga qarşi global alyansni jonlantiriş va kuçaytirişdir.
«Putinning safarini ayniqsa, kollektiv Ğarb, Yaponiya, Janubiy Koreya alohida e’tibor bilan kuzatdi. Çunki Rossiya butun dunyo böylab AQŞ bilan boğliq va unga zarba beradigan har qanday nuqtada faollikka intiladi. Uzoq Şarqdagi AQŞning eng asosiy ittifoqçilari – Janubiy Koreya va Yaponiyadir. KXDR esa uzoq yillardan beri şu ikki davlatga tahdidomuz munosabatda bölib kelmoqda. Kollektiv Ğarb bilan aloqalari maksimal sovigan Rossiya uçun KXDR omilidan foydalaniş qöl keladi», deydi Rabbimov.
Rossiya prezidenti Şimoliy Koreya safarini yakunlagaç Vetnamga yöl olgan va Xanoy şahrida hamkasbi To Lam bilan muzokaralar ötkazgan.










