Özbekiston elçixonasi kömagida Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi vakillaridan iborat mamlakat delegatsiyasining Italiyaga xizmat safari taşkil etildi.

"Dunyo" xabariga köra, taşrifdan közlangan maqsad çorvaçilik sohasida hayvonlarni identifikatsiya qiliş böyiça ilğor tajribani örganişdan iborat böldi.

Mamlakat delegatsiyasi safar çoğida Italiya qişloq xöjaligi vazirligi mutasaddilari va Çorvaçilik uyuşmasi rahbariyati bilan uçraşuvlar ötkazdi.

Muloqot çoğida Italiya tomoni mamlakat çorvaçilik sohasiga innovatsion usullarni joriy etiş va mahsulot işlab çiqariş hajmini oşiriş borasidagi islohotlarni amalga oşirişda hamkorlik qilişga tayyorligini ma’lum qildi.

Özbekiston delegatsiyasi vakillari BMT Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) qarorgohida mazkur taşkilotning çorvaçilik va veterinariya departamenti mutasaddilari bilan samarali muzokaralar ötkazdi.

Uçraşuv yakunida çorvaçilik sohasida zamonaviy bilim va innovatsiyalarni joriy etişda FAOning xalqaro ekspertlarini jalb qiliş va yangi taşabbuslarni işlab çiqişga kelişib olindi.