Yevro-2024 A guruhi 3-tur bahslari ötkazilib, pley-offga yöllanma olgan ikki jamoaning nomi ma’lum böldi.
Mezbon Germaniya Şveytsariyaga qarşi bahsda 90+2-daqiqagaça mağlubiyatga uçray turib, zaxiradan maydonga tuşgan Fyullkrugning goli evaziga durangga erişdi – 1:1. Bu esa nemislarga keyingi bosqiçga guruh peşqadami sifatida çiqişini ta’minladi.
Şotlandiya va Vengriya öyinida esa hisob 90+10-daqiqada vengriyaliklar futbolçisi Çobot tomonidan oçildi va ğalaba goliga aylandi. Şu tariqa, Vengriya 4 oçko bilan 3-öringa çiqib, pley-offga çiqiş uçun imkoniyatni saqlab turibdi. Şotlandiya 4-öringa tuşib, turnir bilan xayrlaşdi.
Yevro-2024. 3-tur. A guruhi.
Şveytsariya – Germaniya 1:1
Gollar: 1:0 – 28 Ndoyye, 1:1 – 90+2 Fyullkrug.
Şveytsariya – Zommer, Vidmer, Rodriges, Şer, Akandji, Ebişer, Djaka, Froyler, Rider (Vargas, 65), Ndoyye (Amduni, 65), Embolo (Dua, 65).
Germaniya – Noyyer, Ryudiger, Ta (Şlotterbek, 61), Mittelştedt (Raum, 61), Kroos, Gundöğan, Andrix (Bayyer, 65), Virts (Sane, 76), Kimmix, Xaverts, Musiala (Fyullkrug, 76).
Ogohlantirişlar: Ndoyye (25), Ta (38), Djaka (67), Vidmer (81).
Şotlandiya – Vengriya 0:1
Gol: Çobot, 90+10.
Şotlandiya – Gann, Ralston (Maklin, 83), Xenli, Makkenna, Xendri, Roberson, Makgregor, Makginn (Armstrong, 76), Maktominey, Gilmor (Kristi, 83), Adams (Şenklend, 76).
Vengriya – Gulaçi, Bolla (Nad, 86), Orban, Botka, Dardai (Salai, 74), Kerkez (Çobot, 86), Staylz (Nad, 61), Şallai, Soboslai, Şafer, Varga (Adam, 74).
Ogohlantirişlar: Staylz (18), Orban (26), Şafer (44), Maktominey (50), Klyaynxaysler (75).
Guruh jadvali:












