Milliy jamoalar iştirokidagi turnirlar — özini keng jamoatçilik uçun tanitadigan iste’dodli futbolçilar körgazmasidir. Futbolçilar qisqa muddatda öz maşhurligini oşirib oliş va nisbatan kattaroq klubga transfer böliş imkoniyatini qölga kiritişadi. Quyidagi röyxatdagi ayrim futbolçilar ham yangi mavsumni yangi jamoada boşlaşi deyarli aniq bölgan.

Transfermarkt portalida futbolçilarning narxlari yangilangan — Yevro-2024 iştirokçilari orasida ham köplab futbolçilarning transfer narxi oşgan. 

10. Dan Ndoy, Şveytsariya
+8 million yevro (14 dan 22 ga)

Şveytsariya milliy jamoasi Yevroda işonçli harakat qildi — guruhda Germaniya bilan durang öynadi, pley-offning ilk bosqiçida Italiyani çiqarib yubordi va çorakfinalda Angliyaga faqat penaltilar seriyasida mağlub böldi. Zommer, Vargas va Froyler kabilar ham yuqori darajali futbol namoyiş etişdi, ammo Transfermarkt faqat «Bolonya» hujumçisi, Manuel Noyyer darvozasini işğol etgan Dan Ndoyni alohida ajratib körsatdi. Uning transfer narxi qariyb uç baravar qimmatlagan va bunda şveysariyalikning klubdagi ajoyib mavsumining ham hissasi bor.

9. Ferdi Kadiöğli, Turkiya
+9 million yevro (21 dan 30 ga)

Yevroning sahna ortida qolgan qahramonlaridan biri. Kadiöğli barça beş öyinni çap qanot himoyaçisi pozitsiyasida ötkazdi, ammo mutaxassislar e’tiborini öziga jalb qila oldi. Ferdi qanotda öziga qarşi öynagan köplab yorqin futbolçilarni töxtatib qoldi, ulkan hajmdagi qora işlarni bajardi, hujumlarga ham qöşildi — u golli uzatma muallifi bölmasa-da, örtaça bir öyinda 3,2 marta zarbadan oldingi uzatmani amalga oşirdi, bu esa qoyilmaqom körsatkiç.

Endi «Fenerbahçe» futbolçisi top-klublardan biriga ötişi kutilayotgani bejiz emas — unga «MYu» va «Yuventus»dan jiddiy qiziqiş bor.

8. Jamal Musiala, Germaniya
+ 10 million yevro (120 dan 130 ga)

Musiala yangilngan Germaniyada Virs bilan birgalikda asosiy yulduzlardan biri böldi. Yangiça vinger-«önlik» gibrid rolida Jamal özini a’lo darajada körsatdi — turnir davomida uçta gol urdi va nemislarning yangi avlodidagi asosiy iste’dodlardan biri ekanini yana bir bor isbotladi.