Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat armiyasining birlaşgan kuçlari qömondoni Yuriy Sodolni işdan böşatganini ma’lum qildi. U 2024 yil 11 fevraldan buyon uşbu lavozimda işlab kelayotgan edi. 

«Men Ukraina Qurolli kuçlari birlaşgan kuçlari qömondoni general-leytenant Yuriy Sodolni brigada generali Andrey Gnatov bilan almaştirişga qaror qildim», dedi Ukraina prezidenti keçki murojaatida. 

Zelenskiy iste’fo va tayinlov sabablariga oydinlik kiritmadi. 

Andrey Viktoroviç Gnatov - ukrainalik ofitser, brigada generali, ştab boşliği - Ukraina Qurolli Kuçlari quruqlikdagi kuçlari «Janub» tezkor qömondonligi qömondoni örinbosari (2022), sobiq ştab boşliği (2016-2018) va 36-alohida dengiz piyodalari guruhi qömondoni (2018-2021).