Özbekiston elçisi Farrux Tursunov Ispaniya Quruvçilar milliy uyuşmasi prezidenti Pedro Fernandes Alen bilan muzokara ötkazdi.

"Dunyo" xabariga köra, unda Özbekiston va Ispaniya örtasida taşqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş va uşbu mamlakat quriliş sektoriga fuqarolarni işga jalb qiliş imkoniyatlari muhokama qilindi.

Pedro Fernandes Alenning aytişiça, Özbekiston fuqarolari uçun xorijiy mamlakatlarda xavfsiz va tartibli mehnat faoliyatini olib boriş uçun barça imkoniyatlar yaratilganligi rivojlanayotgan davlatlarning ijobiy körsatgiçlaridan biri hisoblanadi.

Quruvçilar milliy uyuşmasi prezidenti Ispaniyada quriliş sohasida katta rejalar borligini, xususan 200 mingta davlat köçmas mulk obektlarini barpo etiş hamda uşbu binolarni quriş uçun 700 ming nafar işçilarni jalb qiliş közda tutilganini ma’lum qildi.

Muzokaralar yakunida uşbu yönalişda hamkorlik qiliş yuzasidan kelişuvga erişildi.