Surxondaryoda prokuror pora olayotganda uşlandi. Bu haqda Kun.uz’ga Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov ma’lum qildi.

Unga köra, 29 iyun kuni Surxondaryo viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boşqarmasi xodimlari iştirokida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Surxondaryo viloyati prokuraturasi bölim katta prokurori “YeRS” MÇJga suv tejovçi texnologiyalarni örnatiş bilan boğliq masalalariga kömaklaşiş evaziga firibgarlik yöli bilan 10 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida qölga olingan. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçi şaxs protsessual tartibda uşlangan.

Şuningdek, 29 iyun kuni Boş prokuratura hamda DXX xodimlari iştirokida yana bir tezkor tadbir ötkazilgan. Unda fuqaro U.X. (tadbirkor), “BDK” MÇJ rahbari A.T.ga özining tanişlari J.Ş. (suğurta markazi direktori) va Toşkent şahar prokuraturasi bölim katta prokurori orqali Jizzax viloyati içki işlar tergov organi iş yurituvidagi jinoyat işi doirasida ijobiy ekspertiza xulosa olib berişga yordam beriş evaziga 105 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida qölga olingan. 

Mazkur holat yuzasidan ham Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçi şaxs protsessual tartibda uşlangan. Qayd etilişiça, tergov davomida prokuratura xodimining harakatlariga huquqiy baho beriladi.