Tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Boş prokuraturaning Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazilgan.
Xabarda aytilişiça, prokuror yordamçisi xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning avtomobil oldi-sotdisiga oid masalasini hal qilib beriş hamda bankdan imtiyozli kredit olişida yordam körsatiş uçun pul söragan.
Tadbir davomida u talab qilingan mablağning 4 700 dollarini olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Tergovga qadar tekşiruvda mazkur fuqarodan avval ham 1 300 dollar olgani aniqlangani bildirilgan.
Hozirda holat yuzasidan prokuror yordamçisiga nisbatan jinoyat işi qözğatiş çorasi körilmoqda.
DXX fuqarolardan şunday qonunbuziliş holatlari haqida 1520 qisqa raqami orqali xabar berişni söragan. Murojaat qiluvçining şaxsi sir saqlanişi kafolatlangan.












