Rossiyaga ğarb qurollari bilan zarbalar haqida

Philadelphia Inquirer kolumnisti Trudi Rubin bilan suhbatda Zelenskiy AQŞ prezidenti Jo Baydenning uzoq kutilgan qarori Ukrainaga çegara yaqinida töplangan Rossiya texnikalari ustiga zarba yöllaşga imkon berişi — yaxşi ekani, ammo bu ham «şahar va qişloqlar boşqariluvçi aviabombalar (KAB) tomonidan yöq qilinişi muammosini hal qila olmasligi»ni aytgan.

«Bu [Baydenning ruxsati] taktik masalalarni hal qiladi, bu strategik qurol emas. Biz taktik qurollar bilan boşqariluvçi aviabombalar hamda ularning aviatsiyasi tuğdirayotgan strategik muammolarga qarşi jang qila olmaymiz», — deya qayd etgan Zelenskiy.

Rossiyaning boşqariladigan bombalariga qarşi samarali kuraşiş uçun Ukraina qurolli kuçlariga Patriot kabi ilğor havo hujumidan mudofaa tizimlarining özidan taşqari yuqori masofaga harakatlanuvçi ATACMS raketalari ham şunçalik zarur, degan prezident.

«Patriot KABlarga qarşi kuraşa olmaydi, — deya izohlagan Zelenskiy va Ukrainada Patriot tizimlari uçun raketalar yetarli emasligini ta’kidlagan. — Qisqa masofada siz yengasiz, uzoq masofada esa — rossiyaliklar sizni yengadi. Siz barça raketalaringizni sarflaysiz, keyin esa ular şaharlarga, energetikaga zarba yoğdiradi — va siz yutqazasiz».

Zelenskiy ötgan haftaning özida Rossiya Ukrainaga qarşi 800 dan ortiq boşqariluvçi aviabomba qöllaganini aytgan.

Ukrain harbiylarida öq-dori va qurollar yetişmovçiligi saqlanib qolmoqda 

Ukrainlar prezidenti Oq uyni amerikaliklarning uzoq masofaga harakatlanuvçi raketalaridan Rossiyaning içkari hududlaridagi aerodromlari böylab zarba yöllaşga ruxsat berişga undagan.

«Rossiya boşqariluvçi aviabombalarni uçiriş uçun foydalanayotgan harbiy samolyotlar turadigan aerodromlarga qarşi uzoq masofali yeçimlarni izlaşimiz kerak. Ehtimol, bunda 300 kilometr masofaga harakatlanuvçi ATACMS raketalari qöl kelgan bölardi. Men yana bir bor ta’kidlaşni istardim — faqat bugun, — deya qayd etgan Zelenskiy. — Ammo ular katta raketalardan foydalanadigan va yanada uzoqroqda joylaşgan aerodromlar ham bor. Ya’ni bugun bizga Rossiya Federatsiyasining içki hududlari böylab ATACMS raketalarini qöllaşga ruxsat kerak».

Uning sözlariga köra, rossiyaliklarning boşqariluvçi öq-dorilardan Donetsk va Xarkiv oblasti eng köp jabr körmoqda.

KABlarga qarşi havo hujumidan mudofaa vositalari bilan ham kuraşiş mumkin. Ammo Patriot tizimi uçun raketalar narxi juda qimmat, ular köp miqdorda işlab çiqarilmaydi va Ukrainaga köp miqdorda yetkazib berilmaydi.

Rossiya bilan muzokaralar olib borilişi mumkinmi?

Bu intervyuda Volodimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar ötkazilişi ehtimolini rad etmadi.

Bungaça u bir neça bor bunday muzokaralar ötkaziş imkoniyati yöqligi haqida gapirgan, bundan taşqari, bu Ukraina qonunçiligida mustahkamlab qöyilgan.

Zelenskiyning sözlariga köra, Rossiya yetakçisi bilan muzokaralarning yagona varianti — Qora dengiz ğalla yölagini taşkil etişni muhokama qilişda bölgani kabi vositaçilardan foydalanişdir.

«Bunday model birinçi marta ğalla yölagi misolida qöllangandi, öşanda Ukraina Rossiya bilan emas, balki BMT va Turkiya bilan kelişgandi. Ular, öz navbatida, biz bilan muzokaralar olib boriş, keyin esa RF bilan tegişli şartnomani imzolaşni öz zimmasiga olandi. Bu şunday işlagan: örtada BMT va Turkiya turgan ikkita bir xil kelişuv», — deya izohlagan Zelenskiy.

Uning fikriça, bunday sxemadan «hududiy yaxlitlik, energetika va kemaçilik» böyiça muzokaralarda ham foydalaniş mumkin.

Bunda turli qit’alar vakillari bölgan mamlakatlar vositaçilik qilişi mumkin, deb hisoblaydi prezident.

«Bizning hamkorlar — nafaqat Yevropa va AQŞ, balki boşqa qit’alar, jumladan Osiyoda, Tinç Okeani yönalişida, şuningdek Afrika va Lotin Amerikasida bor. U yoki bu inqirozga yeçim tayyorlaydigan vakillar bölganida, keyin bu hujjat, agar u Ukrainani qoniqtirsa, Rossiya Federatsiyasi vakillari bilan muhokama qilinişi kerak. Hozirça biz faqat şunday modelga egamiz», — deya qayd etgan Zelenskiy.

Amerikadagi Uruşlarni örganiş instituti (ISW) tahlilçilari sönggi hisobotida yozişiça, ayni vaqtda Putin faqat Kiyevning töla taslim bölişini közda tutmoqda. U muzokaralar yöli bilan erişilgan öt oçişni töxtatiş haqidagi har qanday kelişuvga Rossiyaga kelgusidagi yuriş amaliyotlariga tayyorlanişga imkon beruvçi mexanizm sifatida qaraydi.

Bunday sulh Rossiyaga öz kuçlarini tiklaş va kengaytiriş hamda mudofaa sanoatini kelgusidagi uruşlarga töliqroq safarbar qilişga imkon beruvçi nafas rostlaş vaqtini beradi, deya qayd etadi ISW.

Ğarb Ukrainaning ğalabasini qanday tasavvur qiladi?

Philadelphia Inquirer kolumnisti Trudi Rubin Zelenskiydan AQŞ prezidenti Jo Bayden çindan ham Ukrainaning ğalabasiga işonadimi deb söragan.

Ukraina yetakçisi u bunga işonişini aytgan, ammo Ukrainada va Ğarbda ğalabani turliça tuşunişlarini qöşimça qilgan.

«Ğarb uçun asosiy ğalaba — Ukraina bosib olinişiga yöl qöymaslik, Putinga örnini körsatib qöyiş», — deya tuşuntiradi Zelenskiy.

Uning fikriça, ğarb mağlubiyatga uçragan taqdirda Rossiyada beqarorlik yuzaga kelişidan xavotirlanib, Ukraina töliq ğalabaga erişişiga hissa qöşişni istamaydi.

«Barça Putinsiz Rossiyada nimalar bölişidan qörqadi. Barça vaziyat hozirgidan ham yomonroq bölib ketişidan qörqadi», — degan prezident va ğarbning bunday xavotirlariga qöşilmasligini qayd etadi.

«Okkupatsiya qilinişimizga yöl qöyişmagani uçun ulardan minnatdormiz, ammo qoniqiş kerak, adolat kerak, albatta, bu eng muhim qismlaridan biri. Agar bunday qoniqişga ega bölmasak, öz yaqinlarini yöqotgan bu odamlarning barçasining köziga qanday qaraymiz?» — degan Zelenskiy.

Ekspertlar fikriça, Putin Kiyev ğarb tomonidan qöllab-quvvatlanayotganiga qaramay, Rossiya öz maqsadlariga erişişi mumkin deb hisoblaydi, çunki ğarbning yordami Ukraina uruş boşida umid qilganidek keng kölamli bölib çiqmadi va bu Kremlning hisob-kitoblarida hal qiluvçi ahamiyatga egadir.

Zelenskiy Rossiya Ukrainani okkupatsiya qilişiga yöl qöymagani uçun ğarbdan minnatdorligi, ammo Ukrainaga qoniqiş hissi va adolat kerakligini qayd etgan

U şuningdek, Ukrainaning haqiqiy ğalabasini özi qanday tuşunişini aytib ötgan.

«Birinçi qism — Ukraina va ukrainlar töliq vayron bölişiga yöl qöymaslik… Uruş yakunlanmas ekan, biz mustaqilligimizni saqlab qoldik deya olmaymiz. Kelgusi avlodlar xavfsizligiga erişiş muhim, bunga tajovuzning takrorlanişi ehtimolini yöqqa çiqariş orqali erişiladi».

Zelenskiy agar Ukraina Yevropa ittifoqi va NATOga a’zo bölmasa, Rossiya tajovuzi tiklanişi xavfi saqlanib turişini ta’kidlagan.

«Biz Yevroittifoqda bölişiz lozim — bu iqtisodiy xavfsizlik degani. Biz NATOda bölişimiz lozim. Va bizda bular bölmas, bu biz uçun katta xavf deganidir… Bu duşman qaytadi. U qanday qaytadi? Putin qiyofasidami — Putin qiyofasidamasmi, boşqa Kreml bölibmi, yigirma yildan keyinmi, qirq, ellik yildan keyinmi — men buni bilmayman. Bizga Ukrainaning kollektiv himoyasi kerak», — deya qayd etgan Zelenskiy.

Ayni vaqtda Şimoliy Atlantika alyansidagilar Ukrainani öz a’zosi sifatida qabul qiliş niyati borligini tasdiqlaydi, ammo bu masala yaqin yillarda körib çiqilmaydi.

Uruş yana qança davom etadi?

Trudi Rubinning uruş yana qançaga çözilişi haqidagi savoliga javoban Zelenskiy uruş baribir yakunlanişini aytgan. Ukraina allaqaçon iyunda Şveytsariyada ötkazilgan «Tinçlik sammiti»da ilk qadamni qöygan.

U Kiyev tinçlik rejasi böyiça hujjatlarni tayyorlaşiga işontirgan.

«Biz bu hujjat Rossiya vakillari stoliga yetib borişi va turli qudratli mamlakatlar bu uruşni turli formatlar va muloqotlar orqali adolatli tarzda tugatişga harakat qilişi uçun hammasini qilişga urinib köramiz», — degan Zelenskiy.

Uning qöşimça qilişiça, uruş barça uçun ham töliq tugamaydi — bu tez böladigan iş emas.

«Ammo hujjat tayyorlanişi, masalalarning bir qismi öq bilan emas, muloqotning u yoki bu formatida hal qilişini mumkin», — deya qöşimça qilgan Zelenskiy.

U şuningdek uruş qança davom etişi aniq bilmasligini, ammo şu yilning özida nima işlar qiliş kerakligini bilişini aytgan.

«Biz hujjatni tayyorlaşimiz kerak, biz ikkinçi sammitni şu yilda ötkaziş uçun barçasini qilişimiz kerak. Biz bardoş berişimiz lozim. Va muzokaralar çoğida yuqorida bölmasligi uçun duşmanni maksimal darajada kuçsizlantirişimiz kerak», — degan ukrainlar rahbari.

Şu bilan birga, tahlilçilar va harbiy ekspertlar xorijdan, birinçi navbatda AQŞdan kelayotgan yordam hajmi va uning qisqariş tendensiyasini hisobga olgan holda, holdan toydiriş uruşida Ukrainaning istiqbollariga şubha bilan qaraşadi. Vladimir Putin Ukrainada uzoq muddatli, «emaklab» hujum qiliş amaliyotlari orqali ğalaba qozonişdan umid qilmoqda, deb taxmin qiladi Uruşlarni örganiş. Bu Putinni uruşni çözişga undaydi, bunday uruş davomida Ukraina davlatçiligini yöq qilişga intiladi.

Aftidan, Putin Rossiya bosib olingan har qanday hududni uşlab qolişiga umid qilmoqda va uruş qança uzoq çözilsa, Rossiya özining hududiy da’volariga erişişi ehtimoli şunçalik yuqori böladi.

Katta ehtimol bilan, Putin öz qöşinlari Ukrainada oylar davomida asta-sekin oldinga siljib borişi Ğarbdagilarni Rossiya ustidan harbiy ğalabaga erişiş imkoni yöqligi va Ukrainaning töliq mağlubiyatidan köra ma’lum hududlarni boy beriş afzalroq ekaniga işontirişiga umid qilmoqda, deyiladi hisobotda.