Özbekiston 5 oyda qança töqimaçilik mahsulotlarini eksport qilgani ma’lum qilindi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, Özbekiston 2024 yilning yanvar-may oylarida qiymati qariyb 1,3 mlrd AQŞ dollarlik töqimaçilik mahsulotlarini eksport qilgan. Bu körsatkiç umumiy eksportning 11,8 foizini taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 0,5 foizga oşgan.

Eksport qilingan töqimaçilik mahsulotlari tarkibida tayyor töqimaçilik mahsulotlari (37,6 foiz), kalava-ip (46,8 foiz) asosiy uluşni egallagan. 2024 yilning yanvar-may oylarida dunyoning 55 ta davlatiga töqimaçilik mahsulotlari eksport qilingan.

Avvalroq Özbekiston 5 oyda 420 mln dollarlik meva sabzovotni eksportga çiqargani xabar qilingandi.