Le Pen bu haqda CNN bilan intervyu vaqtida aytgan. Şuningdek, Le Penga köra, uning partiyasi ğolib çiqsa, fransuz askarlarini Ukrainaga yuboriş masalasi hatto muhokama qilinmaydi.

Avvalroq Fransiya prezidenti Makron Ukrainaga mamlakatda işlab çiqarilgan qurollar bilan Rossiyadagi harbiy nişonlarga zarba berişga ruxsat etgandi. Şuningdek, Makron Ğarbda Ukrainaga qöşin yuboriş masalasini kötargan yagona siyosatçi hisoblanadi.

Marin Le Pen öz pozitsiyasini izohlar ekan, Fransiya uruşning bevosita iştirokçisi bölmasligi kerakligini aytgan. Uning partiyasi Fransiyadagi parlament saylovlari birinçi turida ğalaba qozongan va sörovlar ikkinçi tur ham ularning ğalabasi bilan yakunlanişini taxmin qiliş imkonini beradi.