«Sud tergovning iltimosnomasini qanoatlantirgan. Yu.B.Navalnayaga nisbatan RF JKning 282.1-moddasi (ekstremistik hamjamiyatda iştirok etiş) 2-qismida körsatib ötilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblov e’lon qilingan. Yuliya Borisovna tergov organlaridan yaşirinib yuribdi, şu bois unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan», — deyiladi sud matbuot xizmati xabarida. Uşbu modda uçun 6 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosi közda tutilgan.
Unga nisbatan RFga ekstraditsiya qilingan yoki Rossiya hududida qölga olingan kundan boşlab ikki oy muddatga qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan.
Yuliya Navalnaya öziga nisbatan Rossiyadagi sud tomonidan sirtdan hibsga oliş töğrisidagi qarorni izohladi.
«Iye, odatiy protsedura bölmadimi? Avval çet el agenti deb e’lon qiliş, keyin jinoiy iş qözğaş, undan söng hibsga oliş? Bu haqda yozayotganingizda asosiy narsani yoziş esdan çiqmasin: Vladimir Putin — qotil va harbiy jinoyatçi. Uning joyi turmada, turma bölganda ham Haagadagi şinamgina, içida televizori bor kamerada emas, ölçami 2 metrga 3 metr bölgan, u Aleksey Navalniyni öldirgan koloniya kabi qamoqxonada», — deb yozgan u.












