Joriy yilning 1 avgustidan Özbekistonda elektr energiyasini hisoblaşning yangi billing tizimi joriy etiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ birinçi örinbosari Alvar Ğaybullayevga tayanib “Spot” xabar bermoqda.
Hozirda korxona iste’molçilariga yetkazib beriladigan elektr energiyasi hisobi 2012 yilda joriy qilingan billing tölov tizimi asosida yuritiladi.
“Bizga zamonaviy billing tizimi kerak edi, 2022 yilning oxirida yangi tizim böyiça texnik şartlar işlab çiqildi. Joriy yilning 1 avgustidan butun mamlakatda mazkur tizim yangilanadi”, — dedi Ğaybullayev.
Uning qayd etişiça, hozirda mazkur tizim sinov tarzida Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanida joriy etilgan.
“Amaldagi tizimda abonentning ism-familiyasi, pasport ma’lumotlari va hisobraqami bölgan bölsa, yangi tizimda abonentning kadastr ma’lumotlari, bitta odam nomida neçta hisobraqami borligi kabi ma’lumotlar mavjud böladi.
Yangi tizimda monitoring işlarini olib boriş maqsadida iste’molçining şikoyat va takliflari, ularning soni ham yozib boriladi. Umuman boşqa billing böladi”, - deydi Alvar Ğaybullayev.
Ma’lum qilinişiça, tizimning mobil ilovasi ham işlab çiqilgan. U orqali amalga oşirilgan tölovlar hamda iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdorini onlayn oliş mumkin böladi. Şuningdek, kompaniya mas’uli “aqlli” hisoblagiç bilan ta’minlanganlik darajasi 90 foizni taşkil etişini ma’lum qilgan. Hududlarda 782 mingta “aqlli” hisoblagiçlar örnatiş belgilangan bölib, bugungi kunda şundan 210 mingta abonent qolgan.
Joriy yilning 1 avgustigaça qolgan iste’molçilar ham “aqlli” hisoblagiçlar bilan ta’minlanadi. Natijada, körsatkiç 100 foizga yetkazilişi, ya’ni mavjud 8,5 mln abonent qamrab olinişi kutilmoqda.
“Bir narsani aytiş kerakki, mamlakatda 100 foiz „aqlli“ energiya hisoblagiçlari örnatildi, deb bölmaydi, nimaga deganda, yillik ösiş 2 foizni taşkil etadi: aholi köpaymoqda, uy-joy qurilmoqda, işlab çiqariş ortmoqda. Şunday ekan, körsatkiçni 100 foizga yetkazib bölmaydi”, — dedi Ğaybullayev. .
Eslatib ötamiz, joriy yil boşida Prezident ötkazgan yiğilişda elektr, gaz, suv, issiqlik, çiqindi, “kvartplata”, soliq tölovlari böyiça xonadonning yagona billing hisobraqamini joriy qiliş vaqti kelgani aytilgandi, davlat rahbari xorijiy tajriba asosida tegişli takliflarni işlab çiqiş vazifasini topşirgandi.
Avvalroq, iste’molçilar elektr uçun tölovlar hisobga ikki barobar bölib tuşayotgani haqida xabar bergandi, hududiy elektr tarmoqlari esa bu texnik nosozlik ekanini ma’lum qilgandi.












