Fransiya yetakçisiga köra, Ğarb “ikki xil standartlar” töğrisidagi ayblovlarga “qat’iy javob berişi” kerak, ayniqsa, Ğazo sektorida Isroil agressiyasi haqida gap ketganda: “Bizni Ukrainadan köra Ğazoga kamroq e’tibor berayotganlikda ayblaşmoqda va bu tanqid barçamizga çuqur ziyon yetkazadi”, degan u.

“Biz bu gaplar asossiz ekanini namoyiş etişimiz kerak. Men buni bu yerda yana bir takrorlayman: biz zudlik bilan Ğazoda öt oçişni töxtatiş, garovda uşlab turilganlarni ozod qiliş, uruşning Livanga yoyilişining oldini oliş uçun zarur bölgan avj pallasini sovitiş bilan şuğullanişimiz zarur”, - degan Fransiya yetakçisi.

Bir oyça avvalroq Fransiya prezidenti AQŞ prezidentining mamlakatga taşrifi doirasida xuddi şunga öxşaş bayonot bergan edi. Makron öşanda ham Falastin va Ukrainadagi uruşlar masalasida Ğarbda “ikki xil standart” bölmasligi kerakligini ta’kidlagan edi.

“Ikki xil standart bölmasligi kerak, garçi dunyoda harbiy inqirozlar köp bölsa-da, biz Ğazo sektorida öşa prinsiplarni öşa qat’iyat bilan amalga oşirmoqdamiz”, - degan edi öşanda Fransiya yetakçisi.

Makronning sözlari Ispaniya boş vaziri Pedro Sançesining NATO davlatlariga Falastin va Ukrainadagi uruşlarda “ikki xil standart” bilan yondaşuvlardan voz keçişga çaqiruvi yangragandi.

“Agar biz öz xalqimizga xalqaro huquqni himoya qilayotganimiz sababli Ukrainani qöllayotganimizni aytar ekanmiz, uddi şu işni Ğazoga nisbatan ham qilişimiz kerak”, - degan Pedro Sançes NATOning 75 yillik yubileyiga bağişlangan sammitda.