Qonunçilik palatasining 16 iyuldagi majlisida “Tadbirkorlik kodeksini tasdiqlaş töğrisida”gi qonun loyihasi birinçi öqişda qabul qilindi.

Tadbirkorlik kodeksi loyihasiga 100 ortiq qonunçilik hujjatlarini unifikatsiya qiliş orqali tadbirkorlik sohasidagi munosabatlarni yagona hujjat bilan tartibga soliş, davlatning tadbirkorlik sohasiga aralaşuvini kamaytiriş, şuningdek, tadbirkorlik huquqi sohasida yagona yondaşuvni belgilaş közda tutilmoqda.

Kodeks loyihasi bilan tadbirkorlik faoliyatining qonuniylik, tadbirkorlik erkinligi, sub’yektlar tengligi, halol raqobat, vijdonlilik prezumpsiyasi, korrupsiyadan xolilik kabi asosiy prinsiplari mustahkamlanmoqda. Tadbirkorlik sub’yektlari kiçik, örta va yirik toifalarga ajratilmoqda (amalda toifa sifatida faqat kiçik tadbirkorlik sub’yekti mavjud edi).

Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solişning çegaralari hamda tartibga soliş şakllari közda tutilmoqda. 39 ta davlat organining 147 ta nazorat funksiyalari va Biznes-ombudsmanni xabardor etiş tartibida ötkaziladigan 20 turdagi tekşiruvlar röyxatlari mazkur kodeksga ilova sifatida tasdiqlanib, röyxatga kiritilmagan barça tekşiruvlar Biznes-ombudsman bilan kelişilgan tartibda amalga oşirilişi taklif etilmoqda.

Şu bilan birga, kodeks loyihasi bilan xalqaro standartlarga muvofiq ayollar va yoşlar tadbirkorligi hamda ularni qöllab-quvvatlaş tizimi joriy etilmoqda. Ijtimoiy tadbirkorlik, ijtimoiy korxona, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari, ularni qöllab-quvvatlaş mexanizmi belgilanmoqda.

Kodeks loyihasida yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oşirilişi bilan mumkin bölmagan faoliyat turlarini belgilagan holda ularga qonunçilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oşiriş huquqi berilmoqda.